Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, joriy yil noyabr oyida repetitorlik xizmatlari narxlari oktyabr oyiga nisbatan örtaça 0,5 foizga qimmatlaşgan.
Şu bilan birga:
- 2025 yil boşidan buyon uşbu turdagi xizmatlar narxi jami 5,7 foizga;
- ötgan yilning mos davriga nisbatan esa 6,9 foizga oşgani kuzatilgan.
Körsatkiçlar xususiy ta’lim va qöşimça darslar bozorida narxlar ösiş tendensiyasi saqlanayotganini, repetitorlikka bölgan talab bilan birga, xizmatlar qiymati ham oşib borayotganini anglatmoqda.












