AQŞ tomoni taklif qilgan, 28 banddan iborat tinçlik rejasi Ukraina tomoni bilan ötkazilgan maslahatlardan söng qayta körib çiqilib, 20 bandgaça qisqartirildi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy duşanba, 8 dekabr keçqurun jurnalistlarga ma’lum qildi. Matbuot anjumani Zelenskiy Londondan Bryusselga uçayotgan samolyot bortida bölib ötdi.

«28 ta band bor edi, endi 20 ta böldi. Bu yönalişni özgartirdik va mutlaqo oçiq-oydin Ukrainaga qarşi bölgan bandlar çetlatildi. Amerikaliklarning kayfiyati, umuman olganda, murosani topiş tarafdori. Albatta, hududlarga taalluqli murakkab masalalar bor. U yerda hozirça murosaga kelingani yöq», — deb keltiradi «Interfaks-Ukraina» agentligi Zelenskiyning WhatsApp’da jurnalistlar savollariga bergan javoblarini.

Jurnalistlar bilan suhbatda Zelenskiy Ukraina öz hududlaridan ni konstitutsiyaga, ni xalqaro huquqqa köra voz keçişga haqli emasligini ta’kidladi. «Albatta, Rossiya bizni hududlarni berib qöyişga majbur qilişni talab etmoqda. Biz esa mutlaqo heç narsa bermoqçi emasmiz — şu uçun kuraşyapmiz», — deb keltiradi Ukraina prezidenti sözlarini «Suspilne» naşri.

Naşr yozişiça, Zelenskiy xavfsizlik kafolatlari masalasiga ham töxtaldi. «Eng kuçli xavfsizlik kafolatlarini biz AQŞdan olişimiz mumkin. Albatta, agar bu Budapeşt memorandumi bölmasa, böş va’dalar emas, balki AQŞ Kongressida ovozga qöyiladigan hujjat bölsa», — dedi u.

Zelenskiyning sözlariga köra, Ukraina tomoni tinçlik rejasi ustidagi işni 9 dekabr keçqurun yakunlaydi, şundan söng uni AQŞga taqdim qiladi. «Maslahatçilar (Ukraina MXMK kotibi Rustem — taxr.) Umerov olib kelgan rejaning sönggi varianti ustida işlaydi. Yevropaliklarning maslahatçilari ham Ukraina bilan birga iş olib boradi. Öylaymanki, ertaga reja tayyor böladi, yana bir bor körib çiqamiz va AQŞga yuborişga tayyorlaymiz», — deb Zelenskiy sözlarini keltiradi «RBK-Ukraina».

4–6 dekabr kunlari Ukraina delegatsiyasi tarkibida Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Rustem Umerov hamda Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği general Andrey Gnatov iştirokida Mayamida AQŞ vakillari bilan muzokaralar ötkazdi. Amerika tomondan muzokaralarda prezident Donald Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff va Oq uy rahbarining kuyovi Jared Kuşner iştirok etdi. Muzokaralarning uçinçi kuni ularga Zelenskiyning özi ham qöşilgan, uning sözlariga köra, u «uzoq va mazmunli telefon suhbati» ötkazgan.