Milliy statistika qömitasining 2025 yil yanvar–sentabr oylarida ötkazilgan uy xöjaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlari mamlakatda aholining uy-joy turlari böyiça taqsimlanişini namoyon etmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga köra, uy xöjaliklarining 88,1 foizi alohida uy (xususiy hovli)larda istiqomat qiladi. Bu körsatkiç xususiy hovli turidagi turar joylar hali ham Özbekiston uy-joy infratuzilmasida ustuvor örinni egallaşini anglatadi.

Şu bilan birga, uy xöjaliklarining 11,7 foizi köp kvartirali uylarda yaşaydi. Urbanizatsiya jarayonlari, yirik şaharlarda köp qavatli uy-joylar barpo etilişi va ipoteka bozorining rivojlanişi uşbu segment uluşining bosqiçma-bosqiç ortayotganini körsatmoqda.

Qolgan 0,2 foiz uy xöjaliklari boşqa turdagi uy-joylarda – vaqtinçalik turar joylar, xizmat uylari yoki noan’anaviy turar joy şakllarida istiqomat qilayotgani qayd etilgan.

Uşbu statistik ma’lumotlar uy-joy siyosati, şaharsozlik rejalaştirişi, infratuzilma va kommunal xizmatlarni rivojlantiriş, qişloq va şahar hududlarini mutanosib rivojlantiriş böyiça qarorlar qabul qilişda muhim manba bölib xizmat qiladi.