Respublika miqyosida ötkazilayotgan “Xavfsiz va soğlom yurt” keng kölamli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Içki işlar organlari hamkorligida Andijon viloyatining Böston tumanidagi yöl-patrul xizmati maskanida tezkor tadbir ötkazildi.

Xususan, "Andijon – Toşkent" yönalişida harakatlanayotgan Lacetti rusumli avtotransport vositasi tegişli tartibda töxtatilib tekşirilganida, uni boşqarib ketayotgan, Andijon şahrida yaşovçi, 1984 yilda tuğilgan J.R.ga tegişli 2 kg 994 gr “gaşiş” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, uning jinoiy şerigi hisoblangan, 1993 yilda tuğilgan Ğ.N. ham qölga olindi.

Aniqlanişiça, ular Qirğizistondagi narkosavdogarlardan 23 ming AQŞ dollariga sotib olingan giyohvandlik vositasini kontrabanda yöli bilan mamlakatga olib kirib, Toşkent şahrida sotişni rejalaştirgan.

Hozirda oğufuruşlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 28, 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 25, 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş) bilan jinoiy iş qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.