Yevropada Ukrainadagi uruşni töxtatişga qaratilgan tinçlik muzokaralarida özgariş yöqligi tufayli AQŞ prezidenti Donald Tramp sabr-toqatini yöqotişi mumkin, degan xavotir mavjud. CNN telekanali çorşanba, 10 dekabrga ötar keçasi, ismi oşkor etilmagan yevropalik amaldorlarga tayanib xabar berişiça, Tramp muzokaralardan çiqib ketib, Moskva bilan tinçlik kelişuviga erişişga göyoki tösqinlik qilayotganlik uçun aybni Kiyev va Yevropa poytaxtlari zimmasiga yuklaşi mumkin.
Öz navbatida, şuningdek nomi oşkor etilmagan AQŞning yuqori lavozimdagi bir amaldori ham bu taxminga qöşildi va telekanalga şunday dedi: Oq uy rahbari uçun «bu tugamas uruş» tobora kattaroq siyosiy yukka aylanib bormoqda.
Şu bilan birga, AQŞning NATOdagi doimiy vakili Mettyu Uitaker Fox News telekanali efirida Tramp agar Moskva va Kiyev örtasida tinçlik kelişuvini imzolaşning iloji yöq, degan xulosaga kelsa, Ukrainadagi mojaro böyiça kelişuvga erişiş sa’y-harakatlaridan voz keçişi mumkinligini aytdi.
Bunday şaroitda Wall Street Journal (WSJ) gazetasining Yevropadagi manbalari ta’kidlaşiça, AQŞ, Ukraina va Rossiyaga tinçlik rejasi asosiy bandlaridagi ziddiyatlarni bartaraf etiş uçun «haftalar yoki oylar» kerak bölişi mumkin. Naşr suhbatdoşlaridan biri Vaşington Kiyev va Yevropa Ittifoqi oldiga bajarib bölmaydigan vazifalar qöyayotganini aytdi.
«Amerikaliklarning tezkor natija istaşini bilamiz. Biroq muhokama qilinayotgan masalalarning murakkabligini hisobga olgan holda, qanday qilib qisqa fursat içida tez natijaga erişiş mumkinligini tasavvur qiliş qiyin», — dedi gazeta manbasi.
Öz navbatida, Financial Times (FT) gazetasi manbalari oldinroq bildirişiça, Donald Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga AQŞning tinçlik rejasiga rozi bölişi uçun AQŞ va Ukrainada 25 dekabr kuni nişonlanadi Rojdestvogaça muhlat bergan. Şu bilan birga, Kiyevdagi «RBK-Ukraina» agentligi manbasi Tramp haqiqatan ham Zelenskiydan tezkor javob kutayotganini tasdiqlagan, biroq unga aniq muddat qöymaganini aytgan.
AQŞning tinçlik rejasi 28 banddan iborat edi, ammo Yevropa yetakçilari va Ukraina tomoni örtasidagi maslahatlaşuvlardan söng qayta işlanib, 20 banddan iborat holatga keltirildi. Bu haqda Volodimir Zelenskiy 8 dekabr kuni keçqurun, Londondan Bryusselga uçayotgan samolyot bortida jurnalistlarga ma’lum qildi.












