9 dekabr kuni Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) tomonidan Boş prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda içki işlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda Toşkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yuqori Çirçiq, Yangiyöl, Toşkent tumanlari hamda Toşkent şahrida navbatdagi reydlar ötkazildi.
Reyd tadbirlari doirasida umumiy hisobda 3 222 ta obektning atmosfera havosini muhofaza qilişga oid qonunçilik talablariga qay darajada rioya qilayotgani örganildi. Tekşirişlar natijasida 24 ta huquqbuzarlik holati aniqlandi.
25 noyabr – 9 dekabr kunlari ötkazilgan keng qamrovli örganişlar yakunlariga köra:
895 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, ular böyiça ma’muriy iş hujjatlari rasmiylaştirildi;
atrof-muhitga salbiy ta’sir körsatgan va ekologik qonunçilikni buzgan 75 ta obekt (şundan Toşkent viloyatida 66 ta, Toşkent şahrida 9 ta) faoliyati 10 iş kuniga vaqtinçalik töxtatildi;
37 ta issiqxona obektlarida filtrlar örnatildi;
6 ta issiqxona obekti gaz tarmoğiga ulandi, yana 7 ta obekt tomonidan gazga ulaniş uçun texnik şartlar oliş maqsadida arizalar topşirildi.
Maxsus komissiya va mutasaddi idoralar tomonidan atmosfera havosini muhofaza qiliş, ifloslaniş manbalarini qisqartiriş hamda qonun talablariga rioya etilişini ta’minlaş böyiça reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.












