Qirğiziston Konstitutsiyaviy sudi 2025 yil 10 dekabrda Konstitutsiyaga özgartiriş kiritiş orqali ölim jazosini tiklaşni nomaqbul va yuridik jihatdan imkonsiz deb topdi, çunki bu «Konstitutsiya va mamlakatning xalqaro majburiyatlariga ziddir».

Qirğiziston sudining press-relizida aytilişiça, sud mamlakat prezidenti Sadir Japarov ma’muriyatining bolalarni zörlaş va zörlaş bilan boğliq qotillik uçun ölim jazosiga ruxsat beruvçi özgartirişlar loyihasi böyiça murojaatini körib çiqqan.

Körib çiqiş yakunlari böyiça sud ölim jazosini qaytariş Konstitutsiyaga muvofiq emas, degan xulosaga keldi. Sud inson huquq va erkinliklari Konstitutsiyada oliy qadriyat sifatida mustahkamlanganini ta’kidladi. Şu bilan birga, ölim jazosini taqiqlaş va yaşaş huquqining ustuvor ahamiyatini tan oliş nafaqat me’yoriy, balki çuqur qadriyatli ölçovga ega.

Konstitutsiyaviy sud masalaning xalqaro-huquqiy jihatiga ham e’tibor qaratdi. Qirğiziston Respublikasi Konstitutsiyasida xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalari mamlakat huquqiy tizimining tarkibiy qismi ekani belgilangani sababli, davlat içki qarorlar qabul qilişda ratifikatsiya qilingan şartnomalarga rioya qilişi şart. Sud Xalqaro şartnomalar huquqi töğrisidagi Vena konvensiyasiga tayanib, davlat xalqaro şartnomani bajarmaslikni özining içki huquqi bilan oqlay olmasligini, şartnomaning amal qilişini tugatiş yoki töxtatib turiş esa unda belgilangan şartlar bilan qat’iy çeklanganini ta’kidladi.

Konstitutsiyaviy va xalqaro-huquqiy dalillar majmuasiga asoslanib, Konstitutsiyaviy sud ölim jazosini konstitutsiyaviy tuzatiş orqali tiklaş Asosiy qonunga mos kelmaydi va yöl qöyib bölmaydigan hamda huquqiy jihatdan imkonsiz degan xulosaga keldi. Şu munosabat bilan Konstitutsiyaga özgartirişlar kiritiş töğrisidagi qonun loyihasi referendumga qöyilişi mumkin emas, uni ilgari suriş böyiça barça tartib-taomillar esa Konstitutsiyaviy sudning xulosasi kuçga kirgan paytdan e’tiboran tugatiladi.

Qirğizistonda 2025 yil sentabr oyi oxirida 17 yoşli Aysulu Mukaşevaning zörlanişi va öldirilişi ortidan ölim jazosini qaytariş masalasi kötarildi. Prezident Sadir Japarov Konstitutsiyaga bolani zörlaş, şuningdek, keyinçalik bola yoki kattalarni öldiriş bilan boğliq zörlaş uçun ölim jazosini qöllaşga ruxsat beriş böyiça özgartirişlar kiritişni buyurdi. Bundan taşqari, ölim jazosini taqiqlaş haqidagi xalqaro şartnomadan çiqiş ham taklif qilindi.