Ğazo Tinçlik kengaşiga jahon yetakçilari orasidan kimlar a’zo bölişi böyiça e’lon kelasi yil boşida ma’lum qilinadi. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp çorşanba kuni Oq uyda bölib ötgan tadbir çoğida aytdi.
AQŞ yetakçisiga köra, Ğazo sulhi doirasida tuzilgan mazkur kengaşga turli mamlakatlar yetakçilari qöşilişni xohlamoqda.
«Qirollar, prezidentlar, boş vazirlar — hammasi Tinçlik kengaşida bölişni istayapti», dedi Tramp. «Bu tarixdagi eng afsonaviy kengaşlardan biri böladi. Hamma unda bölişni istayapti». U bu e’lon yangi yil boşida ma’lum qilinişini ta’kidladi.
.@POTUS says he'll name the Gaza Board of Peace "early next year": "It'll be one of the most legendary boards ever... Basically, it'll be the heads of the most important countries. They all want to be on it." pic.twitter.com/j74cqS6xou
— Rapid Response 47 (@RapidResponse47) December 10, 2025
BMT Xavfsizlik kengaşi 17 noyabrda qabul qilgan rezolyutsiya Tinçlik kengaşiga hamda unga a’zo davlatlarga Xalqaro Barqarorlaştiriş kuçlarini tuziş va Ğazoga joylaştirişga ruxsat beradi.
AQŞ tomonidan loyihalaştirilgan uşbu rezolyutsiyada Tinçlik kengaşi ötiş davri ma’muriyati sifatida tasvirlanadi. Kengaş Ğazoni qayta tiklaşga doir moliyalaştiriş işlarini muvofiqlaştiradi va rivojlanişning umumiy yönalişini belgilab beradi.
Rezolyutsiyada aytilişiça, Tinçlik kengaşi «Falastin ma’muriyati özining islohot dasturini yetarli darajada yakunlab, Ğazoni xavfsiz va samarali tarzda qayta nazoratiga ola oladigan vaqtga qadar» faoliyat yuritadi.
Ayni vaqtda, xalqaro vositaçilari kömagi bilan Isroil va Hamas örtasidagi mört sulh amal qilmoqda. Hamas Ğazoda qolayotgan sönggi jasadni topib qaytarganidan keyin sulhning 2-bosqiçi boşlanişi kutilmoqda.












