RF Davlat dumasining çet davlatlar aralaşuvi faktlarini tergov qiliş böyiça komissiyasi Rossiyada jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortilgan, biroq hozir çet elda bölgan rossiyaliklar uçun çeklovlar nazarda tutilgan qonun loyihalari paketini tayyorladi. Bu haqda komissiyaning Telegram-kanalida 11 dekabr, payşanba kuni xabar berildi.
U yerda aytilişiça, tayyorlanayotgan çoralar RF fuqarolariga — jinoiy moddalar böyiça yoki Ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi kodeksdagi olti toifa böyiça aybdor deb topilganlarga nisbatan tatbiq etiladi. Aniqroği, gap quyidagilar bilan boğliq huquqbuzarliklar haqida ketmoqda: Adliya vazirligining “çet el agentlari” haqidagi qonun buzilişlarini bartaraf etiş töğrisidagi körsatmalarini bajarmaslik; “çet el agenti” faoliyati tartibini buziş; RF hududiy yaxlitligini buzişga da’vatlar; RFga qarşi sanksiyalar joriy etişga da’vatlar; RF Qurolli kuçlarini “obrösizlantiriş” va “nomaqbul” taşkilot faoliyatida iştirok etiş.
Deputatlar, jumladan, bunday vaziyatga tuşib qolgan rossiyaliklarga yakka tartibdagi tadbirkor yoki özini özi band qilgan şaxs sifatida röyxatdan ötişni taqiqlaşni taklif qilmoqda, ularning köçmas mulkka bölgan huquqlarini “töxtatib turiş” (ya’ni amalda uni sotiş huquqini çeklaş) hamda haydovçilik guvohnomasining amal qilişini töxtatişni közlamoqda. Şuningdek, ularga transport vositalarini röyxatdan ötkazişni taqiqlaş, kredit şartnomasi tuzişni, davlat va munitsipal xizmatlarni onlayn olişni rad etiş taklif qilingan.
Bundan taşqari, bunday “qoidabuzarlar”ning litsenziyalari töxtatib turilişi, Rossiyada masofaviy bank xizmatlaridan foydalanişi taqiqlanişi kerak. Uşbu çeklovlar doirasiga tuşgan rossiyaliklarning pul mablağlari muzlatib qöyiladi, işonçnoma orqali ular manfaati uçun bitimlar tuziş imkoni bölmaydi. Komissiya rahbari Vasiliy Piskaryov bayonotiga köra, ularga ayrim konsullik xizmatlari ham rad etiladi.
Çeklovlar RF boş prokurori yoki uning örinbosari qarori bilan joriy etilişi közda tutilmoqda. “Bundan taşqari, Boş prokuratura internetda joylaştiriladigan ommaviy reyestr — ‘Vaqtinçalik çeklov çoralari qöllanayotgan şaxslar röyxati’ni yuritadi”, deb qayd etilgan xabarda.
Rossiyalik muhojirlarga yordam beradigan “Kovçeg” loyihasi rahbari, yurist Anastasiya Burakova fikriça, agar tegişli qonun qabul qilinsa, ma’muriy huquqbuzarlikda aybdor deb topilganlar amalda jinoiy işlar böyiça hukm qilinganlarga qöllanadigan çeklovlar bilan töqnaş keladi. U “eng xavfli narsa” sifatida “ayrim konsullik xizmatlarini berişni rad etiş”ni körsatdi.












