Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Ğazoda ahvol yomonlaşmoqda
Ğazo sektori janubidagi Xon Yunus şahrida ikki yillik Isroil genotsidi ortidan köçirilgan oilalar sovuq tufayli yomon şaroitlarga duç kelmoqda. Xususan, payşanba kuni sakkiz oylik çaqaloq kuçli sovuqdan vafot etgani ma’lum qilindi.
Ölimni tasdiqlarkan, Ğazo soğliqni saqlaş bölimi rahbari Munir al-Burş yomğir suvi bilan tölgan çodirlar içida yana köplab bolalar, qariyalar va bemorlar halok bölişi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Uning aytişiça, çodirlar içidagi namlik va turğun suv – pnevmoniya va nafas yöllari infeksiyalari uçun «mukammal muhit» yaratmoqda. Bemorlar esa dori yoki tibbiy yordam topa olmayapti.
Ğazo Fuqaro mudofaasining aytişiça, butun boşli lagerlar yomğir suvi ostida qolgan, jumladan, Xon Yunusdagi al-Mavasi hududi, Deyr al-Balahdagi maydonlar, Nuseyratdagi Markaziy bozor hududi ham.
Qutqaruvçilar sönggi kunlarda böron vaqtida çodirlari suv bosgan köçirilgan oilalardan 2 500 dan ortiq şoşilinç murojaat olgan. Janubdagi önlab çodirlar töliq suv bosgani sababli evakuatsiya qilingan.
Ayni vaqtda Ğazo böylab köçirilganlar lagerlaridagi 250 mingdan ortiq oila eskirgan çodirlarda sovuq havo va yomğir suvi xavfi ostida qolmoqda.
Donbassda «erkin iqtisodiy zona» yaratiş taklif qilindi
Prezident Volodimir Zelenskiyning aytişiça, Ukraina uruşni tugatiş böyiça AQŞga yangilangan 20 banddan iborat reja taqdim etgan. Kiyevda jurnalistlarga murojaat qilarkan, Zelenskiy – AQŞ murosaviy variant sifatida şarqiy Donbass hududlarida «erkin iqtisodiy zona» yaratişni taklif qilayotganini aytdi.
«Ular buni Ukraina qöşinlari Donetsk viloyatidan çiqib ketişi deb körişyapti. Murosa göyoki şundan iboratki, Rossiya qöşinlari Donetsk viloyatining uşbu qismiga kirmaydi. Ular bu hududni kim boşqarişini bilişmaydi», dedi u. Unga köra, Rossiya buni «demilitarizatsiya qilingan zona» deb atamoqda.
Şu bilan birga, yer masalasida hali umumiy tuşunça yöq va ukrainaliklar har qanday hududiy imtiyozlar böyiça referendumda ovoz berişlari kerak.











