Yil boşida Boltiq dengizida avariyaga uçragan va Rossiya Federatsiyasining “soya floti”ga tegişli deb baholanayotgan Eventin neft tankeri, şuningdek undagi 100 ming tonna neft yuki Germaniyaning Myunxen şahridagi federal moliya sudi (Bundesfinanzhof, BFH) qaroriga muvofiq nemis bojxonasi tomonidan musodara qilinmasligi kerak. Bu haqda 11 dekabr, payşanba kuni Süddeutsche Zeitung gazetasi xabar berdi. Naşr aniqlaşiça, Germaniyaning eng yuqori soliq sudi kema egasining vaqtinçalik sud taqiqi (musodara qilişni töxtatib turiş)ni joriy etiş haqidagi iltimosnomasini qanoatlantirgan. Şuningdek, uşbu holatda xalqaro huquq ham amal qiladi: unga köra avariyaga uçragan kemalar xavfsiz “panoh porti”dan foydalanişi mumkin.

Hozirça Eventin va uning yuki Yevropa Ittifoqi hududini tark eta oladimi-yöqmi, degan savol oçiq qolmoqda. Frankfurter Allgemeine Zeitung yozişiça, keyingi huquqiy tortişuvlar yillab çözilişi mumkin. Naşr manbalarining ma’lum qilişiça, keyingi harakatlar böyiça yakuniy qaror, ehtimol, Germaniya kansleri Fridrix Mersga bevosita boğliq böladi. Tankerda katta hajmda saqlanayotgan neftni oliş masalasi ham bahsli bölib qolmoqda va yuk egalari bunday qadamga rozi bölişi ehtimoli past.

1 aprel kuni Germaniya Moliya vazirligi vakili xabar qilişiça, Germaniya davlat foydasiga ilgari nemis bojxonasi tomonidan musodara qilingan Eventin neft tankerini utilizatsiya qilişi mumkin edi. Yevropa Ittifoqi ma’lumotiga köra, kema Moskva Ğarb sanksiyalarini aylanib ötiş uçun foydalanadigan Rossiya “soya floti”ning bir qismi hisoblanadi. Tanker bortida 100 000 tonna xom neft bölib, uning qiymati 40 mln yevro deb baholangan.

Iş materiallaridan körinişiça, Panama bayroği ostida yurgan Eventin tankeri neftni Rossiyaning Ust-Luga portidan Boltiq dengizi orqali Misrga olib ketayotgan bölgan. Yanvar örtalaridan dvigatel işdan çiqqanligi sabab kema Germaniyaning Ryugen orolidan şimolroqda qolib ketgan va keyin Germaniya sohiliga tortib keltirilgan.

Yevropa rasmiylari ma’lumotiga köra, RFning “soya floti” deb ataluvçi tarkibga sönggi yillarda turli kiçik davlatlarda röyxatdan ötkazilgan, ammo amalda Rossiya boşqarayotgan bir neça yuzlab tanker kiradi. Moskva ulardan RFning Ukrainaga qarşi davom etayotgan keng kölamli hujumi munosabati bilan Ğarb davlatlari joriy etgan embargoni aylanib ötib neft sotiş uçun foydalanadi.

Fevral oxirida Eventin tankeri YeI röyxatiga kiritilgan — unda RF “soya floti”ning ehtimoliy iştirokçilari sanab ötilgan. Der Spiegel jurnali yozişiça, Germaniya hukumatining uşbu tankerga nisbatan ğayrioddiy qattiq pozitsiyasi federal kansler idorasi hamda Germaniya Taşqi işlar vazirligi Rossiyaga Berlin Boltiq dengizi orqali sanksiyalarni çetlab ötib Rossiya neftini taşişga befarq qarab turmasligini körsatmoqçi bölgani bilan boğliq.