Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston yuqori texnologik diagnostik laboratoriyalar tarmog‘ini tashkil etmoqchi
O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Baxtiyor Ibragimov Qozog‘istonning yetakchi ko‘p tarmoqli Olimp kliniko-diagnostika laboratoriyalari tarmog‘i asoschisi Yerlan Suleymanov bilan uchrashib, ikki mamlakat hamkorligida yuqori texnologik diagnostik laboratoriyalar tarmog‘ini tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Foto: AP
Uchrashuvdan avval mamlakat elchixonasi diplomatlari uchun Olimp guruhining Ostona shahridagi markaziy laboratoriyasi bo‘ylab tashrif tashkil etildi. Tashrif doirasida tibbiyot markazi faoliyati hamda Yevropa mamlakatlarida ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar — Roche, Abbott, Sysmex, Qiagen, Beckman Coulter, Becton Dickinson, Eppendorf, Sartorius, Axygen, Thermo Fisher, Siemens, Illumina, Olympus, Carl Zeiss, GE va Philips kabi brendlar texnikalari bilan yaqindan tanishtirildi.
So‘ngra o‘tkazilgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston–Qozog‘iston hamkorligi doirasida yuqori texnologik diagnostik laboratoriyalar tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish, uning tashkiliy-huquqiy jihatlari hamda amaliy mexanizmlari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Olimp kompaniyasi rahbari O‘zbekiston hukumati Qoraqalpog‘iston aholisining ijtimoiy farovonligini oshirishga alohida e’tibor qaratayotganini ta’kidlab, qo‘shma loyihani amalga oshirishni aynan Nukus shahridan boshlash rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Olimp kompaniyasi 2007 yilda Ostona shahrida faoliyatini boshlagan. Hozirda tarmoq Qozog‘istonning barcha hududlarida joylashgan 600 dan ortiq biomaterial qabul qilish va protsedura xonalari orqali xizmat ko‘rsatadi. Kompaniya tarkibida 20 ga yaqin zamonaviy laboratoriya faoliyat yuritadi. Tarmoqda 6 mingdan ziyod mutaxassis ishlaydi, 2 mingdan ortiq turdagi laborator tekshiruvlar amalga oshiriladi hamda yiliga 16 milliondan ziyod laborator test o‘tkazish imkoniyati mavjud.
Mavzuga oid
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
18:26 / 01.05.2026
Trampning o‘g‘illari Qozog‘iston volframiga sarmoya kiritdi
21:43 / 23.04.2026
Qozog‘iston O‘zbekistonga neft yetkazib berishni boshlashi mumkin
22:09 / 22.04.2026