Tadbir davomida Özbekistonda ayollar tadbirkorligining hozirgi holati, mavjud imkoniyatlar va ularga tösqinlik qilayotgan omillar muhokama qilindi. Mutaxassislar boşlanğiç kapitalga kiriş imkonining çeklangani, biznes yuritiş böyiça yetarli könikma va huquqiy yordam yetişmasligi, şuningdek, bozorga çiqişdagi qiyinçiliklar ayollar salohiyatining töliq namoyon bölişiga tösqinlik qilayotganini qayd etdi. WESP dasturi uşbu muammolarni kompleks yeçim sifatida qamrab oladi, ya’ni biznesni boşlaş uçun grantlar ajratadi, öquv dasturlarini taqdim etadi hamda boşlanğiç biznes vakillari uçun maslahat oliş va amaliy kömakning birlaştirilgan modeli orqali ayollarning iqtisodiy faolligini oşirişga xizmat qiladi.

Dastur doirasida ayollar uçun biznesni boşlaş yoki rivojlantirişga möljallangan grantlar, biznes boşqaruvi, moliyaviy savodxonlik, marketing, raqamli könikmalar böyiça treninglar Hamroh platformasi orqali taqdim etiladi.

Tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezident administratsiyasi rahbari maslahatçisi va Loyiha ofisi boş koordinatori Nozimaxon Davletova ayollarni qöllab-quvvatlaşning davlat siyosatidagi ahamiyatiga alohida töxtaldi. U iqtisodiy faoliyatda ayollarning iştirok etişi nafaqat öz hayotiga, balki jamiyatning umumiy rivojlanişiga ham bevosita ta’sir qilişini ta’kidladi.
“Bugungi kunda ayollarning iqtisodiyotga qöşayotgan hissasi tobora ortib bormoqda. Ayollar öz biznesini yurita olişi va iqtisodiy qarorlar qabul qilişi jamiyatning barqaror rivojlanişi uçun muhim omildir. Ayollarga imkoniyat beriş, ularni qöllab-quvvatlaş kelajak avlodni yetuk va ilmli bölişini ta’minlaydi. Çunki ayol avvalo ona, farzandning tarbiyasi, uning dunyoqaraşi va kelajakdagi muvaffaqiyatlari onaning salohiyatiga boğliq. Hukumat vakili sifatida şuni ta’kidlamoqçimanki, bugungi kunda davlatimiz ayollarning huquqlarini himoya qiliş va ularning iqtisodiy hamda ijtimoiy imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan qator loyihalarni amalga oşirmoqda. Xalqaro hamkorlar bilan işlaş ham ana şu ustuvor yönalişlarning mantiqiy davomidir. Davlatimiz bunday loyihalarni qöllab-quvvatlaydi, çunki ular nafaqat ayollar hayotiga ijobiy ta’sir körsatişi bilan birga, balki Özbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlaşga xizmat qiladi”.

Xalqaro hamkorlar nomidan The Coca-Cola Company Uzbekistan boş direktori Kazumasa Mukae dastur ahamiyatini quyidagiça izohladi:













