Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) sport federatsiyalariga rossiyalik va belaruslik sportçilarga yoşlar (ösmirlar) örtasidagi musobaqalarda — individual hamda jamoaviy sport turlarida iştirok etişga ruxsat berişni tavsiya qildi. XOQ ijroiya qömitasining tegişli qarori payşanba kuni, 11 dekabr, Lozannada bölib ötgan Olimpiya sammiti tomonidan qöllab-quvvatlandi.
XOQda bildirilişiça, yuniorlar iştirok etadigan turnirlarda, agar milliy federatsiya “yaxşi obro‘-e’tiborga ega” bölsa, bayroqlar, madhiyalar, forma va boşqa elementlar böyiça “standart protokollar” ham qöllanişi kerak. Ta’kidlanişiça, sport taşkilotlariga uşbu tavsiyalarni amalga oşiriş uçun vaqt talab etiladi, biroq ularni 2026 yilda Senegalning Dakar şahrida bölib ötadigan yozgi yoşlar Olimpiya öyinlaridan qöllaş boşlanişi kutilmoqda.
“Bugungi Olimpiya sammiti sportçilar, ayniqsa yoş sportçilar, öz hukumatlarining harakatlari uçun javobgar bölmasligi kerakligini tan oldi”, — deyiladi XOQ bayonotida. Şu bilan birga, qömita sportçilar “Olimpiya harakatining birlik va tinçlikni ilgari suriş missiyasini qöllab-quvvatlaşi” lozimligini urğuladi. Bunga qarşi çiqqanlar çetlatilişi mumkin.
XOQ 2022 yildan beri amal qilib kelgan — Belarusda xalqaro turnirlar ötkazmaslik haqidagi tavsiyani ham bekor qildi. Bu tavsiya Rossiyaning keng kölamli uruşi boşlanganida Rossiya qöşinlarining bir qismi Belarus hududidan Ukrainaga kirib kelganidan söng joriy etilgan edi. Biroq XOQda qayd etilişiça, xalqaro federatsiyalar hali ham Rossiyada sport tadbirlarini ötkaziş va qöllab-quvvatlaşdan tiyilişi kerak.
Taşkilot, şuningdek, RF va Belarus hukumatlariga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni öz kuçida qoldirdi. Xususan, gap bu mamlakatlar mansabdorlarini xalqaro sport tadbirlariga akkreditatsiya qiliş yoki taklif etişga qöyilgan çeklovlar, şuningdek, ular bilan uçraşuvlar ötkazmaslik haqida ketmoqda.
Qömita rossiyalik va belaruslik sportçilarning katta yoşdagilar örtasidagi musobaqalarda iştirok etişiga doir amaldagi çeklovlarni saqlab qoldi. Masalan, 2024 yil Parij Olimpiya öyinlarida Rossiya va Belarus sportçilariga faqat neytral bayroq ostida iştirok etişga ruxsat berilgan edi — bunda ular Ukrainaga qarşi uruşni faol qöllab-quvvatlamasligi va öz mamlakatlarining kuç tuzilmalari hamda terma jamoalari bilan boğliq bölmasligi şart qilingan. Öyinlarning rasmiy ötkaziladigan joylarida Rossiya va Belarus bayroqlari hamda uşbu ikki davlatning boşqa ramzlarini namoyiş etişga ham yöl qöyilmagan.












