AQŞ prezidenti Donald Tramp talab qilayotgan Ukrainadagi prezidentlik saylovlari harbiy holat şaroitida ham ötkazilişi mumkin, biroq kamida saylov jarayoni va ovoz beriş vaqtida öt oçişni töxtatiş şarti bilan. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi.
«Biz prezident Tramp bilan istalgan formatda işlaşga tayyormiz. Agar prezident Tramp Ukrainadagi saylovlar haqida köproq gapirayotgan bölsa — men buni mutlaqo oçiq aytaman — biz saylov ötkazişga urinib körişimiz mumkin. Ukraina demokratiyadan qoçyapti, degan gap yöq», — dedi Zelenskiy «köngillilar koalitsiyasi» yiğilişida. Uşbu uçraşuv payşanba, 11 dekabr kuni videokonferensiya formatida ötkazilgan.
Uning sözlariga köra, saylov ötkaziş uçun xavfsizlikni ta’minlaş kerak, bu borada esa «eng köp yordam beriş imkoniyati Amerikada».
«Agar saylov ötkaziş zarur bölsa, öt oçişni kamida saylovoldi jarayoni va ovoz beriş davri uçun töxtatiş kerak. Va mana şu haqida muhokama yuritiş zarur. Rostini aytsam, biz, Ukrainadagilar, Amerika bu masalada Rossiya tomoni bilan gaplaşişi kerak, deb hisoblaymiz», — deb qöşimça qildi Ukraina rahbari.
Bundan oldin u xavfsizlik ta’minlangan taqdirda saylovlarni yaqin 60–90 kun içida ötkaziş mumkinligini aytgan edi.
Donald Tramp dekabr boşida yana bir bor Ukrainada prezidentlik saylovlari bölişi kerakligini aytdi.
«Ha, deb öylayman, vaqti keldi. Menimça, hozir saylov ötkaziş uçun muhim palla. Ular (hukumat) uruşdan saylov ötkazmaslik uçun foydalanmoqda, deb öylayman, lekin ukrain xalqi şunday tanlovga ega bölişi kerak», — dedi Tramp.
U, şuningdek, ovoz beriş natijasi böyiça Zelenskiy yana ğolib çiqişi mumkinligini ham istisno qilmadi.
Tramp fevral oyida ham Ukrainada saylov ötkazişga çaqirgan edi. Öşanda u Zelenskiyni «saylovlarsiz diktator» deb atagan va uning reytingi 4 foiz, deya da’vo qilgan, lekin bu gaplariga heç qanday dalil keltirmagan.
Ukrainada navbatdagi prezidentlik saylovlari 2024 yilda bölişi kerak edi, ammo mamlakatda Rossiyaning töliq miqyosdagi hujumi boşlanganidan söng joriy etilgan harbiy holat tufayli saylovlar qoldirildi. Şu asosda Rossiya hokimiyati bir neça bor Zelenskiyni davlat rahbari sifatida «nolegitim» deb ataşga uringan.












