Nizom loyihasiga köra, mazkur tartib Özbekiston hududida tibbiyot amaliyotida qöllaş uçun ruxsat etilgan retsept bilan beriladigan dori vositalariga tatbiq etiladi. Şu bilan birga, narxlarni referent tizimda qayd etiş orfan (kam uçraydigan kasalliklar uçun) dori vositalari röyxatiga kiritilgan preparatlarga hamda retsepsiz beriladigan dori vositalariga nisbatan qöllanmaydi.

Referent narxlarni qayd etiş va qayta qayd etiş jarayoni maxsus avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali amalga oşiriladi. Vakolatli organ sifatida Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi belgilangan bölib, u qayd etilgan referent narxlar haqidagi ma’lumotlarni rasmiy veb-saytida xronologik tartibda joylaştirib borişi nazarda tutilgan.

Nizomda ariza beriş va tekşiriş muddatlari ham belgilangan: işçi organ ariza qabul qilingan sanadan boşlab ikki iş kuni içida ma’lumotlarni tekşiradi, zarur hollarda kamçiliklarni bartaraf etiş uçun ariza beruvçiga xabarnoma yuboriladi. Ariza beruvçi esa xabarnoma yuborilgan kundan boşlab yigirma iş kuni içida ikki martagaça arizani qayta topşirişi mumkin.

Import dori vositalari böyiça axborot tizimi referent mamlakatlardagi narxlar örtaça qiymati, işlab çiqaruvçi mamlakat rasmiy narxi hamda sönggi ön ikki oydagi import narxlari asosida qiymatlarni avtomatik hisoblab çiqişi, eng past qiymatni referent narx sifatida belgilaşi közda tutilgan.

Şuningdek, retsept bilan beriladigan dori vositalarini ulgurji va çakana sotişda çeklangan savdo ustamalari belgilangan: ulgurji savdoda 15 foizdan, çakana savdoda esa ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bölmasligi nazarda tutilgan.