Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu tez orada Misrga borişi kutilmoqda. Şunçaki emas, 35 milliard dollarlik şartnoma imzolaş uçun. Ğazodagi uruş keçagina tugab Netanyahu arab davlati bilan yirik kelişuv uçun borayotgani jiddiy voqea.

15 yil deganda ilk marta

Isroil Misr bilan qöşni bölsa-da, ikki yildan beri heç qanday diplomatik aloqa qilmayotgandi. Ğazoda uruş boşlangaç, Misr faqat asirlarni ozod qiliş masalasida Isroil bilan muloqot qildi. Bu ikki davlat munosabatlarini sirli deb ataş mumkin. Misr Isroilning Falastinga nisbatan harakatlari sabab u bilan sovuq munosabatda ekanini körsatişga intiladi, lekin baribir ikki davlatning umumiy töqnaşadigan manfaatlari köp.

Netanyahu Misrga 15 yil içida ilk marta bormoqda. U Misrga Isroil lideri sifatida ikki marta borgan, u vaqtlar Misr prezidenti Husni Muborak edi. Netanyahu hozirgi Misr prezidenti Abdulfattoh as Sisi bilan neytral maydonlarda körişgan, lekin uning davrida Misrga borgani yöq.

OAV esa Netanyahuning 15 yil Misrga bormagani faqat qoğozda, maxfiy uçraşuvlar bölgan deb yozadi. Bu uçraşuv tayyorlanişiga amerikalik yuqori martabali mulozimlar ham yordam berayotgan ekan. Netanyahu dekabr oxirida dösti Tramp bilan uning Floridadagi uyida körişadi. Balki öşa uçraşuvda ham bu masala muhokama qilinar.

35 milliard dollarlik kelişuv

Netanyahu qöşni Misrga katta diplomatik va iqtisodiy missiya bilan borişni rejalaştirmoqda. Taşrif davomida Isroil Misrga gaz yetkazib berişi böyiça kelişuv imzolanişi mumkin. Bu uzoq yillik şartnoma ekani, uning qiymati 35 milliard dollar bölişi aytilmoqda. Netanyahu taşrifdan siyosiy piar va odamlarni çalğituvçi manyovr sifatida foydalanmoqçi ekan. Hozir Isroilda Netanyahudan norozilik kayfiyati yuqori, boş vazir uni keçirişlarini sörab yuribdi. Bunday vaqtda «Mana, qöşnilar bilan savdo qilişni boşladik», deyişi ommani uruşdan çalğituvçi vosita bölişi mumkin uning nazdida.

Isroilning AQŞdagi elçisi Yyexiel Leyter Qohira sammitini taşkil etişga boş-qoş bölayotgan ekan. Ötgan oyda Isroil strategik işlar vaziri Ron Dermer iste’foga çiqqanidan keyin aynan elçi Leyter bu işlarga mas’ul etilibdi.

Lekin Isroil içida bu megakelişuvga qarşilar köp. Masalan, Isroil energetika vaziri Eli Koen bunday katta kelişuv Isroilning özi uçun energetik inqiroz keltirib çiqarişi mumkinligidan xavotirda. Vazir kelişuvga rozi bölmasligini aytgan.