Inson ruhiyatini tinçlantiruvçi, közni çarçatmaydigan sokin ranglar sönggi yillarda interer dizaynida eng yuqori talabli yönalişlardan biriga aylandi. Asosiy maqsad — vizual şovqindan xoli, barqaror va hotirjam muhit yaratişdir. Ana şu tendensiya asosida Tikkurila brendi özida çuqur matt yuza, sokin ranglar va nur qaytarmaydigan xususiyatni birlaştirgan yangi mahsuloti — Mute böyoğini Özbekistonda ilk bor IDA Uzbekistan tadbirida jamoatçilikka taqdim etdi. Taqdimotda iştirok etgan dizaynerlar va mutaxassislar Mute’ni zamonaviy intererda xotirjamlik yaratişga qaratilgan innovatsion yeçim sifatida baholadilar.

Tikkurila kompaniyasi savdo menejeri Xolida Ahmedova ta’kidlaşiça, Mute bu yilning eng katta yangiligi hisoblanadi:
“Biz birinçi marta IDA’da iştirok etayapmiz va bu Tikkurila uçun juda muhim tadbir. Bu yerda bizning asosiy auditoriyamiz dizaynerlar, arxitektorlar va hamkorlarimiz töplangan. Tikkurila har yili har yili öz oldiga yangilik yaratişni maqsad qiladi. Mute esa bu yilning şov-şovli yangiliklaridan böldi. Uning 18 ta maxsus rang palitrasi inson qalbiga orom beradi. Eng katta afzalliklaridan biri devorda yaltiramasligi, nurni qaytarmasligidir. Bu xonada vizual şovqinni kamaytiradi va insonga hotirjamlik baxş etadi. Biz mijozlarimiz Mute’ni ijobiy qabul qilişiga işonamiz.”

Mute odatiy böyoqlardan farqli ravişda devorga bir tekisda suriladi, nurni minimal darajada aks ettiradi va xonaga barqaror, sokin köriniş beradi. Yoruğlik özgaradigan xonalarda ham rang öşa holiça saqlanişi intererda professional natijaga erişiş imkonini yaratadi. Şu xususiyatlari tufayli Mute’dan dam oliş xonalari, iş ofislari, yotoqxonalar va içki sokinlik talab qilinadigan har qanday joyda samarali foydalaniş mumkin.

Interer böyiça ekspertlar Mute’ning aynan vizual şovqinni kamaytiriş xususiyatini eng muhim jihat sifatida ta’kidladi. Ularning fikrga köra, nurni qaytarib yuboradigan devor inson közini çarçatib yuboradi va barça energiyani sörib oladi. Natijada inson kun davomida özini çarçagandek his qilib yuradi. Mute’da esa unday emas.U özining matt yuzasi bilan insonga energiya bera oladi, dam oliş va qayta tiklanişiga yordam beradi.










