Endilikda Yevropa Ittifoqi Rossiya neftini taşuvçi “soya floti” kemalariga nisbatan sanksiyalarni sanksiya paketlaridan qat’i nazar joriy qiladi. Yondaşuvni özgartiriş niyati haqida juma kuni, 12 dekabrda, Bryusselda YeIning bir neçta diplomatlari va amaldorlari xabar qildi.

Bu yönalişdagi birinçi qadam 15 dekabr, duşanba kuni YeI Taşqi işlar böyiça kengaşi yiğilişida qöyiladi. DW manbalariga köra, sanksiya röyxatiga RFning “soya floti”dan yana taxminan öntaça kema kiritiladi. Şu bilan birga, 20-paket sanksiyalar aynan şu kuni qabul qilinişi kutilmayapti, çunki uni muhokama qiliş endigina boşlanmoqda.

Yangi çeklov çoralari paketlari ustida iş köpinça oylab çözilib ketişi sabab, YeI yanada moslaşuvçan harakat qilişga qaror qildi. Diplomatlardan biri ta’kidlaşiça, “soya floti” kemalarini ular aniqlangan zahoti sanksiya röyxatlariga kiritiş muhim — bu RFga qarşi sanksiyalarni aylanib ötişga qarşi samarali kuraşni davom ettirişga yordam beradi. Yana bir manba esa bu çoralar Rossiya iqtisodiyotiga allaqaçon sezilarli ta’sir körsatganini aytgan.

Bundan taşqari, endilikda sanksiya paketlaridan taşqari tarzda “soya floti”ga kömaklaşuvçilarga nisbatan ham sanksiyalar joriy etiş imkoni paydo böladi, biroq buning uçun baribir YeI Kengaşining yakdil qarori talab etiladi.

Taşqi işlar vazirlari, şuningdek, hududiy suvlarda kemalarni tekşirişni kuçaytiriş masalasini ham muhokama qiladi. Xususan, ular Fransiya misolini körib çiqadi: u Benin bayroği ostida suzayotgan Boracay tankerini uşlagan. Fransiya qonunlariga köra, dengiz prefekti harbiy ofitserlar tomonidan kema bortiga çiqiş (tekşiruv)ga ruxsat berişi mumkin, şundan keyin iş prokuraturaga topşiriladi.

Biroq bunday tartib YeIning barça mamlakatlari qonunlarida nazarda tutilmagan. Şuning uçun YeI taşqi işlar vazirlari tajriba almaşişni va umumevropaça yondaşuvni işlab çiqişni boşlaş niyatida.