FIFA 2026 yil yozida AQŞ, Kanada va Meksika yaşil maydonlarida bölib ötadigan futbol böyiça jahon çempionati uçun 60 dollarlik arzon çiptalarni sotuvga çiqarişni rejalaştirmoqda. Bunday qaror butun dunyo böylab futbol muxlislarining çiptalar narxi böyiça bildirgan keskin e’tirozlaridan keyin qabul qilindi.

«2026 yilgi futbol böyiça jahon çempionati saralaşidan ötgan milliy jamoalarning muxlislari futbolning eng katta arenasida öz jamoalarini kuzatib borişini yanada arzonlaştirişga qaratilgan maxsus çipta tarifidan foydalanişi mumkin böladi», – deyiladi FIFA bayonotida.

Supporter Entry Tier deb nomlanadigan bunday çiptalar turnirdagi barça 104 öyinga, şu jumladan finalga ham amal qiladi, ammo ularning soni çeklangan.

FIFA ma’lumotiga köra, bunday çiptalar jamoasi mundialga yöllanma olgan milliy futbol assotsiatsiyalari uçun ajratilgan kvotaning atigi 10 foizini taşkil qiladi va uning narxi 60 dollarga teng.

Har bir jamoaga öyin uçun çiqarilgan jami çiptalarning 8 foizi berilişidan kelib çiqib aytiş mumkinki, bunday arzon çiptalar stadiondagi jami örinlar sonining 1,6 foizi miqdorida (har ikki jamoaga 0,8 foizdan) çiqariladi.

Milliy assotsiatsiyalar futbol muxlislariga uşbu çiptalarni öz dasturlari doirasida taqsimlaydi. FIFA majburiy talablar qöymagan, lekin «sadoqatli muxlislar» çipta olişda ustuvorlikka ega bölişi kerakligini tavsiya etgan.

Fanatlarning «xiyonat» böyiça ayblovi

FIFAning bu e’loni köplab muxlislar 2026 yilgi jahon çempionatining birinçi turida narxlar 140 dollardan 2735 dollargaça bölib ketganidan qattiq norozilik bildirişi ortidan berildi.

Pley-off öyinlari uçun narxlari yanada yuqori edi, xususan Nyu Jyersida bölib ötadigan final uçun çiptalar narxi 4 185 dollardan 8 680 dollargaça belgilangan.

Bu avvalgi jahon çempionatlaridagi körsatkiçdan ança yuqori. Masalan, Qatarda bölib ötgan sönggi mundial finaliga eng qimmat çipta narxi 1600 dollar atrofida bölgan.

Avvalgi jahon çempionatlaridan farqli ölaroq, FIFA hozirça narxlar röyxatini e’lon qilmadi, aksinça, ularni e’lon qilmasdan turli savdo vitrinalarida özgartirdi. Ötgan hafta FIFA özining sönggi lotereya oynasini oçganidan söng muxlislar narxlar özgarganidan xabar topişdi, bu esa muxlislarga 13 yanvargaça çiptalar uçun ariza topşiriş imkonini beradi.