Ma’lum qilinişiça, Jizzax viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro J.T.ni 7 000 AQŞ dollari evaziga Norvegiyaga işga yuborişini aytib, uşbu pullar hisobidan 84 mln söm mablağni firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida uşlangan.

Şuningdek, Uçtepa tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.Ğ. fuqaro E.J.ning işonçiga kirib, uni Latviyaga borişi uçun şengen vizasini olib beriş va işga joylaştirib qöyiş evaziga 1 700 AQŞ dollari olgan paytda aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.