Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
AQŞ Venesuela neft tankerlariga blokada joriy etdi
16 dekabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Nikolas Maduro hukumatiga bosimni kuçaytiriş yölida navbatdagi qadam taşladi. Unga köra, AQŞ Venesuelaga kirib kelayotgan va undan çiqayotgan sanksiya ostidagi barça neft tankerlariga blokada joriy etdi. Bu qaror mamlakatning asosiy daromad manbai – neftni nişonga oladi.
Tramp sanksiyalangan kemalarga nisbatan bu çorani qanday amalga oşirişi aniq emas. Ötgan hafta bölgani kabi AQŞ kemalarni töxtatib tekşiriş uçun Sohil qöriqlaş xizmati va harbiylardan foydalanişi mumkin.
«Bizning aktivlarimizni öğirlaş, şuningdek, terrorizm, giyohvand moddalar kontrabandasi va odam savdosi kabi köplab boşqa sabablar tufayli Venesuela rejimi «xorijiy terroristik taşkilot» sifatida belgilandi», — deb yozdi Tramp Truth Social'da. «Şu sababli bugun men Venesuelaga kirayotgan va undan çiqayotgan sanksiya ostidagi barça neft tankerlariga töliq va mutlaq blokada e’lon qilaman».
Venesuela hukumati bayonot berib, Trampning bu «jirkanç tahdidini» rad etişini bildirdi.
Tramp e’lonidan keyin Osiyo savdolarida AQŞ nefti fyuçerslari 1 foizdan köproqqa kötarilib, 55,96 dollarga çiqdi.
AQŞ Davlat departamentining sobiq energetika diplomati Devid Goldvinning aytişiça, agar Venesuelaning zarar körgan eksporti OPECʼning zaxira quvvatlari hisobiga qoplanmasa, neft narxlari bir barrel uçun 5–8 dollar oraliğida oşişi mumkin.
Ötgan hafta AQŞ Venesuela qirğoqlari yaqinida sanksiya ostidagi neft tankerini musodara qilganidan söng, boşqa kemalar musodara xavfidan qoçib, Venesuela suv hududida qolib ketgandi.
Trampning xalqaro maydondagi bu harakatlari – AQŞ içida köp savollarni keltirib çiqarmoqda. Xususan, AQŞ Vakillar palatasi a’zosi, demokrat Xoakin Kastro «Bu — Kongress heç qaçon ruxsat bermagan va Amerika xalqi istamagan uruş», deb yozdi.
Avstraliya qurolga doir qonunlarni kuçaytirmoqçi
Avstraliya parlamenti kelasi hafta – qurol va norozilik namoyişlari töğrisidagi qonunlarga keng qamrovli özgartirişlar kiritmoqçi. Bu qaror Sidneydagi ommaviy otişmadan bir neça kun ötib qabul qilinmoqda.







