Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston yetakchi: O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelganlar soni keskin oshdi
2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida jami 362,8 ming nafar chet el fuqarosi tijorat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 229,7 ming nafarga, ya’ni 2,7 barobarga oshgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 10 oyida tijorat maqsadida O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolari orasida Afg‘oniston fuqarolari yetakchi bo‘lib, ular soni 339 585 nafarni tashkil etgan.
Mamlakatlar kesimidagi ko‘rsatkichlar quyidagicha:
- Tojikiston — 16 734 nafar;
- Turkmaniston — 2 773 nafar;
- Rossiya — 673 nafar;
- Qozog‘iston — 504 nafar;
- Turkiya — 492 nafar;
- boshqa davlatlar — 2 055 nafar.
Ma’lumot uchun, ushbu statistika tijorat maqsadida tashrif buyurgan chet el fuqarolari bo‘yicha 2025 yil yanvar–oktyabr oylari natijalarini qamrab oladi.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026