Ukrainaga qarşi Rossiya tomonidan boşlangan uruş tugaganidan söng, Ukraina uçun işonçli xavfsizlik kafolatlari tinçlikning “narxi”ga aylanişi kerak. Bu haqda Germaniya Federal Respublikasi kansleri Fridrix Mers 17 dekabr, çorşanba kuni Bundestagdagi “hukumat soati” davomida ma’lum qildi. Ayni paytda u Ukraina va Rossiya örtasida ehtimoliy tinçlik kelişuviga rioya etilişini ta’minlaş vazifasi yuklatilişi mumkin bölgan “köpmillatli kuçlar” missiyasida Bundesver harbiy xizmatçilari qatnaşadimi-yöqmi, buni aniq aytmadi. Bunday missiyani tuziş masalasini Bryusselda 18 dekabr kuni oçiladigan Yevropa Ittifoqi sammitida Yevropa mamlakatlarining siyosiy yetakçilari hal qiladi. “Bu dunyoda şunday savollar borki, siz ehtimol tasavvur qilayotgandirsiz, ularga javob beriş unçalik ham oson emas. Bu savol ham şundaylardan biri”, — dedi kansler öng populistik “Germaniya uçun muqobil” partiyasi deputati Markus Fronmayyerga javoban.

Mers ta’kidlaşiça, u “ovoz huquqi”ga ega ekan, 2014 yildagi “xatolar” — ular qatorida Minsk kelişuvlari ham bölgan — takrorlanişiga yöl qöymaydi. Germaniya hukumati Ukrainani qança kerak bölsa, şunça vaqt qöllab-quvvatlaşda davom etadi, deya yana bir bor işontirdi Fridrix Mers.

Jang harakatlari yakunlanganidan keyin xavfsizlik kafolatlari masalasi 14 va 15 dekabr kunlari Berlinda Yevropa yetakçilari, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, AQŞning maxsus elçisi Stiv Uitkoff va AQŞ prezidentining kuyovi Jared Kuşner iştirokida bölib ötgan muzokaralarda asosiy masalalardan biriga aylangan.

Hozirça bunday kafolatlar qanday körinişda bölişi mumkinligi aniq emas. Muzokaralardan söng Yevropa yetakçilari qöşma bayonot e’lon qilib, Ğarb mamlakatlari harbiy xizmatçilaridan iborat “köpmillatli kuçlar”ni taşkil etişga tayyor ekanini bildirgan. Bu kuzatuv missiyasi Ukraina osmoni va dengizni himoya qilişi, şuningdek Ukraina Qurolli kuçlarini tiklaşni qöllab-quvvatlaşi mumkin.

Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Polşa, Finlandiya, Norvegiya, Şvetsiya, Niderlandiya, Daniya yetakçilari, şuningdek Yevropa kengaşi va Yevropa komissiyasining bayonotiga köra, Yevropa Ukrainaga kelgusida qurolli hujum sodir bölgan taqdirda “tinçlik va xavfsizlikni tiklaş böyiça majburiyatlar”ni öz zimmasiga olişga tayyor. “Bu çoralar qurolli kuçlarni qöllaşni, razvedka va moddiy-texnik yordamni, iqtisodiy hamda diplomatik harakatlarni öz içiga olişi mumkin”.