Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman)ning joriy yil oktyabr oyida Rossiya Federatsiyasiga amalga oşirgan taşrifi doirasida har ikki davlat ombudsmanlari iştirokida Özbekistonning Moskvadagi elçixonasida fuqarolar uçun sayyor qabul ötkazilgan.
Sayyor qabul davomida Rossiyada joylaşgan “Iqtisod oliy maktabi” milliy tadqiqot universitetida (VŞE) tahsil olayotgan 31 nafar özbekistonlik talabaning murojaati ham qabul qilingan. Murojaatda universitet ma’muriyati tomonidan talabalarning migratsiya hisobiga turiş muddatini uzaytiriş qoidalari böyiça vakolatli organlarga öz vaqtida ma’lumot berilmagani ta’kidlangan.
Mazkur holat yuzasidan tegişli idoralar bilan hamkorlikda örganiş işlari olib borilib, natijada talabalarga nisbatan qöllangan ma’muriy jazo — jarimalar bekor qilingani ma’lum qilindi.












