Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: prezident Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi
«Xaneda» xalqaro aeroportida davlat rahbarini Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri Yoshimasa Xayashi va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 dekabr kuni rasmiy tashrif bilan Yaponiya poytaxti Tokio shahriga bordi.
«Xaneda» xalqaro aeroportida davlat rahbarini Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri Yoshimasa Xayashi va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 19-20 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston prezidenti Yaponiya imperatori Naruxito, bosh vaziri Sanae Takaichi va boshqa rasmiylar, ishbilarmon doiralar hamda akademik hamjamiyat vakillari bilan uchrashadi.
Shuningdek, Mirziyoyev «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqotining birinchi sammitida ishtirok etadi.




Prezidentni Yaponiyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlar qizg‘in kutib oldi.
Davlat rahbari ular bilan suhbatlashdi.
«Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yurtdoshlarimizning orzu-umidlari, maqsad va rejalari haqida ochiq va samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz vatandoshlarimizga ishi va o‘qishida muvaffaqiyatlar tilab, ular kunchiqar yurtda orttirgan bilim va tajribalar Vatanimiz taraqqiyoti hamda xalqimiz farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.







Mavzuga oid
11:23 / 08.01.2026
Prezident prokuratura xodimlari va faxriylarini kasb bayrami bilan tabrikladi
15:22 / 07.01.2026
Japarov Qirg‘iziston va Tojikiston yarashishida Shavkat Mirziyoyevning o‘rni katta bo‘lganini aytdi
22:40 / 06.01.2026
Yaponiyadagi auksionda tuna balig‘i millionlab dollarga sotildi
18:53 / 05.01.2026