Maqolada Özbekistonning bugungi roli va kelajagi Yaponiya nigohidan çuqur tahlil qilingan. Naşr ta’kidlaşiça, Özbekiston Markaziy Osiyoda mintaqani birlaştirayotgan «lokomotiv davlat» sifatida namoyon bölmoqda.

Xususan, mintaqa yetakçilarining muntazam uçraşuvlari, çegaraviy kelişuvlar, infratuzilma loyihalari hamda savdo integratsiyasi jarayonlari alohida urğu bilan qayd etilgan.

Şuningdek, maqolada Yaponiya Özbekistonni nafaqat işonçli strategik hamkor, balki butun Markaziy Osiyoga çiqiş uçun muhim «darvoza» sifatida körayotgani ta’kidlanadi. Transport, energetika, raqamli infratuzilma va xavfsizlik yönalişlarida Özbekistonning markaziy örni alohida körsatib ötilgan.

Ma’lumot uçun, The Japan News Yaponiyadagi eng nufuzli ingliz tilidagi naşrlardan biri bölib, Yomiuri Shimbun media guruhi tarkibiga kiradi. Naşrning asosiy auditoriyasi diplomatlar, siyosatçilar, investorlar va akademik doiralardan iborat.