GFR içki işlar vaziri Aleksander Dobrindt Germaniya yil oxirigaça gumanitar sabablar bilan mamlakatda bölişga ruxsat olgan 535 nafar Afğoniston fuqarosini qabul qilişga tayyor ekanini bildirdi. U bu haqda 18 dekabr, payşanba kuni Redaktionsnetzwerk Deutschland (RND) mediaguruhi naşrlariga bergan intervyusida aytdi.

Gap 2021 yil avgustda “Tolibon” harakati Afğonistonda hokimiyatni egallab olganidan keyin Pokistonga qoçgan odamlar haqida ketmoqda. Ular Germaniya bundesveri va boşqa davlat taşkilotlari bilan hamkorlik qilgani uçun öz xavfsizligiga tahdid bölişidan qörqqan. Ular orasida inson huquqlari himoyaçilari va ayollar huquqlari uçun kuraşuvçi faol ayollar ham bor.

Aleksander Dobrindtning aytişiça, Germaniya hukumati bu afğonistonliklarni “imkon qadar tezroq” qabul qilişdan manfaatdor. Ilgari Pokiston hukumati Germaniyadan afğonistonliklarni dekabr oxirigaça qabul qilişni talab qilgan, aks holda ularni vataniga deportatsiya qiliş bilan tahdid solgandi.

AFP keltirgan Amnesty International va Pro Asyl huquq himoya taşkilotlari ma’lumotlariga köra, Pokistonda Germaniyaga evakuatsiyani kutib turgan taxminan 1800 nafar afğonistonlik bor. Ularning köpçiligi Germaniyaning davlat, nohukumat va madaniy taşkilotlarida işlagan. “Tolibon” hokimiyatga kelgaç, öşa paytdagi Germaniya hukumati ularni Germaniyaga olib çiqişga va’da bergan va hatto ayrimlariga tegişli hujjatlar ham bergan.

Biroq Mers boşçiligidagi yangi federal hukumat gumanitar asoslarda uçinçi mamlakat fuqarolarini qabul qiliş böyiça barça dasturlarni, jumladan Afğoniston fuqarolarini qabul qilişni ham sezilarli darajada çeklaşga kelişib olgan. Ayrim şaxslarning Germaniyada bölişi töğrisidagi qarorlar bekor qilingan.

AFP'ning GFR Içki işlar vazirligiga tayangan holda bildirişiça, Germaniya hukumati “Tolibon”ga qarşi çiqqan afğon fuqarolik jamiyati faollarini qabul qilişdan boş tortgan. Dekabr boşida ular Germaniya hukumatidan “qabul qilişda siyosiy manfaat yöq” degan asos bilan yakuniy rasmiy rad javobini olgan, deb yozadi AFP.

250 dan ortiq nemis taşkiloti Germaniya federal hukumatiga oçiq xat yöllab, gumanitar sabablar bilan Germaniyada bölişga ruxsat olgan afğonistonliklarni qabul qilişga çaqirgan. “Vaqt tugayapti — har kun hisobda. Agar bu odamlar Afğonistonga qaytarilsa, ularning hayoti xavf ostida qoladi”, — deya taşkilotlar bayonotidan iqtibos keltiradi AFP.