Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Rustem Umerov boşçiligidagi ukrain delegatsiyasi uruşni töxtatiş rejasini muhokama qiliş uçun AQŞga yöl oladi, deb xabar qildi Axios naşri 18 dekabr, payşanba kuni manbalarga tayanib.
Manbalarga köra, haftaning oxirida Ukraina vakillari Mayamida AQŞ prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va Amerika prezidentining kuyovi Jared Kuşner bilan uçraşuv ötkazadi.
Prezident Zelenskiy 18 dekabr kuni Kiyevda Ukraina delegatsiyasi AQŞ tomoni bilan Ukrainadagi uruşni töxtatiş böyiça yangi muzokaralar uçun AQŞga jönab ketganini tasdiqladi. U delegatsiya tarkibi haqida heç narsa demadi, ammo ehtimol muzokaralarda yevropalik siyosatçilar ham iştirok etişi mumkinligini qayd etdi.
Avvalroq Politico naşri 20–21 dekabr, dam oliş kunlari Mayamida Rossiya delegatsiyasi ham kutilayotgani haqida yozgan edi. U delegatsiyaga Rossiya prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev boşçilik qiladi. U ham Uitkoff va Kuşner bilan muzokaralar ötkazadi.
Axios manbalari hozirça AQŞ, Ukraina va Rossiya vakillari iştirokida uç tomonlama uçraşuv ötkazilişi közda tutilmaganini ta’kidlaydi.
Uitkoff va Kuşner 14–15 dekabr kunlari Berlinda Ukraina va bir qator Yevropa mamlakatlari vakillari bilan muzokaralar ötkazgan. Axios qayd etişiça, bu uçraşuvlar yakunlari böyiça AQŞ tomoni uruş tugasa, Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari berişga va’da qilgan. Biroq Kiyev tomonidan ehtimoliy hududiy yon bosiş masalasi hal etilmagan holiça qolgan.
Dekabr oyi boşida Stiv Uitkoff va Jared Kuşner Moskvaga borib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuv ötkazgan. Tomonlar bu muzokaralar tafsilotlarini oşkor etmagan.












