2025 yilda Rossiyada siyosiy motivga ega jinoyat işlari soni uruşdan oldingi körsatkiçlarga qaytdi, biroq repressiyalarning özi kuçaydi. Bu haqda “OVD-Info” loyihasining Rossiya içidagi repressiyalar böyiça 18 dekabr, payşanba kuni e’lon qilingan yillik tahliliy şarhida aytilgan.
“Repressiyalar kuçaymoqda — bu ekstremistik va terroristik qonunçilik doirasida ta’qiblar köpaygani, uruşdan oldingi davr bilan soliştirganda örtaça jazo muddati oşgani, hukmlar va qamoqda ta’qib qilinuvçilar soni orqali körinadi. Rejim fuqarolarga uruş va favqulodda çoralar uzoqqa — balki abadiyga ham çöziladi degan fikrni singdirmoqda”, — deyiladi “OVD-Info” hisobotida.
Loyiha hisob-kitoblariga köra, 2025 yilda siyosiy işlar böyiça ozodlikdan mahrum qilişning örtaça muddati 8 yilni taşkil etgan.
“OVD-Info” fikriça, “bosim tobora ‘kulrang zonalar’ga köçmoqda, davlat esa ma’lumotni köproq yaşiryapti”. Ayrim toifadagi işlar böyiça huquq himoyaçilariga ma’lumot topiş qiyinlaşgan — xususan, bu davlatga xiyonat (RF Jinoyat kodeksi 275-modda), çet elliklar bilan maxfiy hamkorlik (275.1-modda) va josuslik (276-modda) haqidagi işlarga taalluqli.
RF Oliy sudi huzuridagi Sud departamenti ma’lumotlariga köra, 2025 yilda davlatga xiyonat moddasi böyiça 115 ta hukm kuçga kirgan — bu ötgan yilga nisbatan ikki baravar köp. Çet elliklar bilan maxfiy hamkorlik moddasi böyiça esa 2025 yilning dastlabki olti oyidayoq 24 kişi sudlangan. Soliştiriş uçun: ötgan yilning butun davrida bu modda böyiça sudlar 30 ta hukm çiqargan.
“OVD-Info” bayonotida fikr bildirgani uçun oçilgan işlar soni kamaygani ham qayd etiladi (2025 yilda 254 ta, 2024 yilda 320 ta). Loyiha eng köp uçragan “siyosiy ayblov” sifatida terrorizmga çaqiriqlar haqidagi moddani (RF JK 205.2-modda) körsatadi: 2025 yilda kuç tuzilmalari bu modda böyiça 102 ta iş qözğatgan. Şuningdek, Rossiyada armiya haqida “feyk” tarqatiş va uni “obrösizlantiriş” moddalari böyiça ta’qiblar ham kamaygan.
Umuman olganda, “OVD-Info” 2025 yilda uruşga qarşi çiqişlar uçun 142 ta ta’qib epizodini hisoblagan. Huquq himoyaçilari bahosiga köra, bu Ukrainaga keng kölamli bostirib kiriş boşlanganidan beri eng past körsatkiç.
Biroq loyiha “natsizmni reabilitatsiya qiliş” moddasi böyiça sud qarorlari rekord darajaga çiqqanini ta’kidlaydi. 94 ta epizoddan “OVD-Info” 64 tasini siyosiy motivga ega deb hisoblaydi.












