Uçraşuvda döstlik ligasi a’zolari ham iştirok etdi. Tomonlar ikki mamlakat örtasidagi köp qirrali hamkorlikni rivojlantirişda parlamentlarning örni va parlamentlararo muloqotni muntazam davom ettiriş muhimligini ta’kidladi.

Qayd etilişiça, döstlik ligasi, ayniqsa uning raisi Taro Asoning Özbekiston bilan Yaponiya örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga qöşayotgan hissasi yuksak baholandi. Şuningdek, parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlaş va qöşma taşabbuslarni ilgari surişda parlamentlardagi döstlik guruhlarining rolini kuçaytiriş masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Uçraşuv yakunida 2026 yilda navbatdagi Parlamentlararo forumni Özbekistonda taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi.

Ma’lumot uçun, Özbekiston bilan döstlik ligasi 2002 yilda taşkil etilgan bölib, hozirda uning a’zolari soni 40 nafardan ortiq. Ular orasida Yaponiyaning taniqli siyosat arboblari, nufuzli deputat va diplomatlari ham mavjud.













