Ukraina 19 dekabr, juma kuniga ötar keçasi Rossiyaning qator hududlariga dronlar orqali ommaviy zarbalar berdi. Natijada infratuzilma vayron bölgan, jabrlanganlar bor. Oryol şahrida zarba mahalliy issiqlik elektr stansiyasiga töğri kelgan, şaharda elektr ta’minotida uzilişlar boşlangan. Mahalliy aholi suv ta’minoti va issiqlik (isitiş)da ham uzilişlar borligidan şikoyat qilmoqda.
Oryol viloyati gubernatori Andrey Kliçkov ma’lum qilişiça, Oryol şahrida kommunal infratuzilmaning ayrim obektlari şikastlangan, Sovet tumanida isitiş, elektr ta’minoti va issiq suv uzilişi mumkin. Dastlabki ma’lumotlarga köra, jabrlanganlar yöq.
Hududda tun davomida ikki marta raketa xavfi e’lon qilingan.
Ötgan keçasi Voronej, Lipetsk, Belgorod va Rostov viloyatida ham portlaşlar eşitilgan. Belgorodda ukrain droni hujumi oqibatida beş oylik çaqaloq jabrlangan, deb xabar qildi gubernator Vyaçeslav Gladkov. Lipetskda esa urib tuşirilgan dron parçalari turar joy uyiga tuşgan.
Taganrogda beşta xususiy uy şikastlangan, uçta avtomobil yonib ketgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, jabrlanganlar yöq. Rostov viloyati gubernatori Yuriy Slyusar ma’lum qilişiça, zarbalar Rostov şahri, Kuybişevskiy, Matveyevo-Kurganskiy va Rodionovo-Nesvetayskiy tumanlariga ham berilgan. Rostovda yuqori kuçlanişli liniya uzilişi sababli ayrim tumanlarda elektr ta’minoti bilan boğliq muammolar yuzaga kelgan.
Dronlar zarbalari tahdidi fonida 10 ta aeroportda samolyotlarni qabul qiliş va jönatiş vaqtinça töxtatilgan. Xabar tayyorlangan paytda çeklovlar Vladikavkaz, Grozniy, Magas, Samara va Yaroslavl aeroportlarida hamon amal qilyapti.













