Forumda Yaponiya boş vaziri Sanae Takaiçi, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnaşdi.
Muhokamalarda Markaziy Osiyo va Yaponiya örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş, mintaqaga yapon sarmoyasi va ilğor texnologiyalarni keng jalb qiliş, sanoat kooperatsiyasini oşiriş hamda işbilarmon doiralar örtasida töğridan töğri muloqotni mustahkamlaşning dolzarb yönalişlari körib çiqildi.

Forum doirasida qöşma iqtisodiy loyihalar taqdimoti ham ötkazildi. Jumladan:
Sumitomo, Chubu Electric Power, Shikoku Electric Power kompaniyalari tomonidan JBIC va NEXI kömagida Özbekistonda ikkita quyoş elektr stansiyasini quriş taşabbuslari;
Toyota Susho iştirokida AT infratuzilmasini modernizatsiya qiliş;
Sojitz kompaniyasi tomonidan köp tarmoqli tibbiyot markazini taşkil etiş;
JOGMEC iştirokida yangi öta muhim mineral konlarini özlaştiriş kabi investitsiya loyihalari şular jumlasidan.


Ma’lum qilinişiça, yetakçilar huzurida uşbu loyihalar böyiça tegişli hujjatlar almaşildi. Tadbir iştirokçilari mazkur taşabbuslar Özbekiston – Yaponiya iqtisodiy şerikligini kengaytiriş, yangi iş örinlari yaratiş hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etişga xizmat qilişini qayd etdi.












