Özbekistonda 2026 yilning 1 yanvaridan ekostikerlar joriy qiliş amaliyoti boşlanadi.
Özbekistonda ekostikerlar joriy qiliş amaliyoti boşlandi. Ekologiyani yaxşilaş maqsadida yölga qöyilayotgan “Ekologik transport” tizimi asosida avtotransport vositalari ekologik darajasiga qarab yaşil, sariq va qizil rangdagi ekostikerlar bilan belgilanadi.
19 dekabr kuni Fayzobod diagnostika markazida “Ekologik transport” tizimining joriy etilişi jarayoni mutasaddilar iştirokida tuşuntirib berildi.
Stiker oliş uçun My.gov tizimi orqali ariza qoldiriladi. Avtoulov haqidagi ma’lumotlar tahlil qilinib, stiker fuqaroning yaşaş manziliga poçta orqali yuboriladi.
Davlat ekologik ekspertizasi markazi boş direktori maslahatçisi Islom Xuşvaqtovga köra, qizil va sariq stikerlarni yangilaş uçun diagnostika markazlariga murojaat qilinadi:
“Ekologik stikerni oliş mexanizmi ixtiyoriy bölgani uçun belgilangan tartibda onlayn tarzda telefonlari orqali murojaat etiladi. Ularga poçta orqali tegişli ekologik stikerlar kelib tuşadi. Fuqarolar avtomobil oynasining belgilangan joyiga yopiştiriladi. Sariq va qizil stikerli transport vositalari yaşil stikerga almaştiriş uçun diagnostika markazlariga taşrif buyurişadi. U yerda bepul texnik körikdan ötkaziladi. Agar belgilangan me’yordan kamaygan bölsa yaşil stiker oliş huquqi beriladi”, dedi u.
“Transport vositalarining davlat raqam belgisini özgartirişda, yoki texnik körikdan ötiş jarayonida, transport vositasini sotmoqçi bölganda qayta röyxatdan ötkazişga töğri keladi. Şunda stikerlar qayta yangilanadi, transport vositasi çiqaradigan zararli gazlar ölçanib stikerlar qayta rasmiylaştiriladi”, dedi YHXX axborot xizmati boşliği Zoir Yöldoşev.
Uşbu tizimning asosiy maqsadi avtotransport vositalaridan atmosferaga çiqadigan zararli gazlarni kamaytiriş, aholi salomatligini muhofaza qiliş hamda şaharlarda ekologik barqaror muhit yaratişdan iborat.
Eslatib ötamiz, Ekologik stikerlar ixtiyoriy ravişda, elektron murojaat asosida va tölovlarsiz, belgilanmagan muddatga beriladi. Bosqiçma-bosqiç joriy etiladigan mazkur tizim 2034 yilgaça mamlakatning barça hududlarini qamrab olişi rejalaştirilgan.











