Turli mojaro ssenariylarini kompyuter modellaştirişga asoslangan hujjat xulosasiga köra, Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi köplab şaroitlarda AQŞning “Jyerald R. Ford” turidagi eng yangi aviataşuvçilarni işdan çiqarişi, hatto çöktirişi ham mumkin. Bunda Pekin yagona bir qurol yoki yagona usulga suyanmasligi, aksinça, AQŞ mudofaasini haddan taşqari yuklab, “bosib taşlaş” uçun raketa zarbalari, kiberhujumlar va AQŞning kosmik tizimlariga ta’sir körsatuvçi uyğunlaştirgan köp poğonali kampaniyani işga solişi ta’kidlanadi.

Tadqiqotda markaziy örin kiber- va sun’iy yöldoşga qarşi operatsiyalariga berilgan. Bahoga köra, Xitoyning AQŞ razvedka, aloqa va navigatsiya sun’iy yöldoşlariga qaratilgan hujumlari AQŞ kuçlarining nişonlarni aniqlaşi, manyovrlarni muvofiqlaştirişi va dengizdagi jang harakatlarini boşqariş qobiliyatini keskin pasaytiradi. Işonçli kosmik qöllab-quvvatlaşdan mahrum bölgan aviataşuvçi zarba guruhlari qurollarni yönaltiriş, yöl-yöriq belgilaş va paluba aviatsiyasi operatsiyalarini taşkil etişda jiddiy qiyinçiliklarga duç keladi — bu esa ularni keyingi zarbalar uçun ança zaif qilib qöyadi.

Yozmada, şuningdek, Xitoyning kemalarga qarşi vositalari arsenali — ayniqsa yirik suv usti kemalarini yöq qilişga möljallangan ballistik va gipertovuşli raketalar tez ösib borayotgani ta’kidlanadi. Xususan, quruqlikdan uçiriladigan kemalarga qarşi ballistik raketalar DF-21D va DF-26, Xitoy esminetslari va suvosti kemalariga joylaştirilayotgan YJ-21 raketasi, şuningdek H-6 bombardimonçilari orqali uçirilişi mumkin bölgan boşqa ballistik raketa variantlari tilga olinadi.

Tadqiqot mualliflari Xitoy raketa kuçlarining özaro töldiruvçi xususiyatini qayd etadi. Nisbatan arzon kemalarga qarşi raketalarni ommaviy qöllaş orqali aviataşuvçi guruhning havo mudofaasi tizimlarini “töydiriş” va ularni “çarçatiş” mumkin. Şu bilan birga, ança ilğor komplekslar aynan şu mudofaani yorib ötib, hal qiluvçi zarbalarni berişga möljallangan.

Tahlilçilar bahosiga köra, Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi allaqaçon 600 tagaça gipertovuşli raketaga ega bölişi mumkin. Modellaştirişga köra, Xitoy kuçlari turli raketalar yalpi uçirilişini yönaltiriş uçun sun’iy yöldoşlar, radiolokatsiya stansiyalari va uçuvçisiz uçiş apparatlaridan olinadigan nişon körsatiş ma’lumotlarini muvofiqlaştirib işlatişi mumkin. Umumiy hisobda, bu vositalar aviataşuvçi zarba guruhi atrofida özaro “qoplaşuvçi” zarba zonalarini hosil qiladi va AQŞ kemalari vazifani bajarişga ulgurmasidan turib neytrallaştirilişi ehtimolini keskin oşiradi.

Pentagon hujjatning sizib çiqişi böyiça rasman izoh bermagan, biroq undagi xulosalar AQŞ mudofaa doiralarida Xitoyning Tinç okeani mintaqasida AQŞ dengiz ustunligiga tobora çaqiriq taşlayotgani haqidagi xavotirlar oşib borayotganini körsatadi.