Yevroittifoqning Ukrainaga, ittifoq davlatlarida muzlatilgan Rossiya aktivlarini garov sifatida qöyib, “reparatsion kredit” ajratişi — bu “talon-taroj” bölib, uning oqibatlari “oğir böladi” va yevrohududga bölgan “işonçga putur yetkazadi”. Rossiya prezidenti Vladimir Putin juma kuni, 19 dekabr kuni jurnalistlar bilan “Töğridan töğri muloqot”da şunday fikr bildirdi.

Siyosatçining sözlariga köra, Yevropa davlatlari haligaça muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanmagan, çunki “talonçilar uçun oqibatlar oğir bölişi mumkin”. “Bu şunçaki imijga zarba emas — bu işonçni yemiriş, bu holatda yevrohududga bölgan işonçni. Çunki, albatta, öz oltin-valuta zaxiralarini yevrohududda köp mamlakatlar saqlaydi, faqat Rossiya emas”, — dedi Putin.

U qöşimça qildi: suveren aktivlar hisobidan kredit beriş “oqibatlar”ni ham anglatadi — “har bir mamlakat budjeti uçun ham, bu budjet qarzini oşiradi”.

Rossiya prezidenti taxmin qildi: agar aktivlarni musodara qiliş amaliyoti paydo bölsa, keyin uni “turli bahonalar bilan köpaytirib boriş” mumkin böladi. U, şuningdek, Rossiya hukumati öz manfaatlarini himoya qilişini — avvalo sudlarda — va “siyosiy qarorlardan mustaqil böladigan” şunday yurisdiksiyani topişga harakat qilişini aytdi.

19 dekabrga ötar keçasi Yevropa kengaşi raisi Antoniu Koşta YeI sammiti iştirokçilari 2026–2027 yillarda Ukrainaga 90 mlrd yevro miqdorida moliyalaştiriş ajratiş töğrisida qaror qabul qilganini ma’lum qildi. Reuters agentligi ma’lumotlariga köra, YeI özi amalga oşiradigan qöşma qarz oliş varianti tasdiqlangan.

Sammitdan keyin Germaniya kansleri Fridrix Mers izoh berişiça, Ukraina bu kreditni faqat Moskva Kiyevga uruş tufayli yetkazilgan zarar uçun kompensatsiya tölab berganidan keyingina qaytarişi kerak böladi. Agar Rossiya zararni qoplaşdan boş torsa, YeI Ukraina qarzini söndiriş uçun muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanadi, dedi kansler.