Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy taşrifi doirasida Nara şahri meri Gen Nakagavani qabul qildi.

Uçraşuvda madaniy-gumanitar yönalişga alohida urğu berilgan holda hududlararo aloqalarni yanada rivojlantiriş masalalari körib çiqildi. Samarqand va Nara şaharlari örtasida örnatilgan birodarlik munosabatlari yuqori baholandi.

Suhbatda ta’kidlanişiça, Samarqand köp asrlar davomida Buyuk ipak yölining markazi bölgan bölsa, Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara uning şarqiy “darvozasi” sifatida tarixda muhim örin tutgan. Qayd etilişiça, uşbu ikki şahar sivilizatsiyalar örtasida madaniy köprik vazifasini bajarib, xalqaro savdo va bilim almaşinuvini rivojlantirişda katta ahamiyat kasb etgan.

Şuningdek, 2027 yilda Nara milliy muzeyida namoyiş etilişi rejalaştirilgan Özbekiston madaniyati va tarixiga bağişlangan arxeologik körgazmaga puxta tayyorgarlik köriş muhimligi ta’kidlandi. Mazkur loyiha Özbekiston–Yaponiya diplomatik munosabatlari örnatilganining 35 yilligi munosabati bilan taşkil etiladigan yirik madaniy tadbirlardan biri bölişi qayd etildi.

Muzokaralar çoğida Nara şahri meri Gen Nakagava ikki mamlakat va xalqlar örtasidagi abadiy döstlik, madaniy va tarixiy yaqinlik ramzi sifatida Nara şahridagi yangi boğlardan biriga “Samarqand” nomi beriş haqida qaror qabul qilinganini ma’lum qildi.

Şu bilan birga, ikki birodar şahar örtasida savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini faollaştiriş, qişloq xöjaligi, turizm, töqimaçilik, transport, logistika va şaharsozlik kabi sohalarda kooperatsiya loyihalarini amalga oşiriş zarurligi ta’kidlandi.