Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy taşrifi yakuniga yetdi.

Taşrif doirasida davlat rahbari Yaponiya imperatori Naruxito, boş vazir Sanae Takaiçi, parlamentning ikki palatasi rahbarlari, parlamentdagi Özbekiston bilan döstlik ligasi faollari, hukumat a’zolari, Nara şahri meri hamda yetakçi oliygohlari rektorlari bilan uçraşuv va muzokaralar ötkazdi.

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalarda amaliy hamkorlik va köp qirrali munosabatlarni kengaytiriş masalalarini atrofliça muhokama qildilar.

Taşrifning işbilarmonlik dasturi doirasida Yaponiyaning yirik kompaniyalari, moliya institutlari rahbarlari bilan biznes forum va ikki tomonlama uçraşuvlar bölib ötdi.

Ikki davlat yetakçilari tomonidan Özbekiston – Yaponiya munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötaruvçi Kelajak avlodlar uçun kengaytirilgan strategik şeriklik töğrisidagi qöşma bayonot imzolanişi taşrifning asosiy natijasi böldi.

Ta’lim, soğliqni saqlaş, ekologiya, suv resurslari, transport, şaharsozlik, turizm, qişloq xöjaligi va tabiiy ofatlar xavfini kamaytiriş sohalarida salmoqli kelişuvlar töplami qabul qilindi.

Şuningdek, Özbekiston Prezidenti “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinçi sammitida iştirok etib, nutq sözladi, uşbu formatdagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça bir qator muhim taşabbuslarni ilgari surdi. Sammit yakunida Tokio deklaratsiyasi qabul qilindi.

Taşrif doirasida Tokioda san’at ustalarining konserti, “Yangi Özbekiston” fotokörgazmasi va hunarmandçilik buyumlari körgazmasini öz içiga olgan Özbekiston madaniyati kunlari bölib ötdi.

Yaponiyadagi tadbirlar yakunlangaç, Özbekiston prezidenti Sankt-Peterburgda bölib ötadigan Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengaşining bölajak yiğilişi va Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi yetakçilarining norasmiy sammitida iştirok etiş uçun amaliy taşrif bilan Rossiyaga jönab ketdi.

“Xaneda” xalqaro aeroportida prezident Şavkat Mirziyovni Yaponiya parlamenti deputati Muneo Suzuki, taşqi işlar vaziri örinbosari Otsuru Tetsuya va boşqa rasmiylar kuzatib qöydi.