Xitoydan olib kelingan qişloq xöjaligi mahsulotlari çegarada asossiz uşlab qolinayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar va murojaatlar yuzasidan Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi izoh berdi.
Ma’lum qilinişiça, Xitoy Boş bojxona ma’muriyati bilan kelişuv asosida qalbaki fitosanitar sertifikat asosida mahsulotlar importini oldini oliş maqsadida yangi namunadagi sertifikat tasdiqlangan.
“Yangi namunadagi sertifikatda xalqaro ISPM 12 standartiga muvofiq mahsulotning markirovka raqamini körsatiş şart.
Fitosanitar sertifikatlarning haqqoniyligi Xitoyning «E-Cert» elektron tizimi orqali tekşiriladi, bu esa fitosanitar nazorat jarayonlarining şaffofligi va tezlaştirilişini ta’minlaydi”, deyiladi agentlik izohida.
Xitoydan import qilinadigan mandarin mahsuloti uçun esa alohida reyestr şakllantirilgan bölib, mazkur hududlarning fitosanitar xavfsizligi tasdiqlangan.











