Venesuela hukumati tankerning qölga olinişini öğirlik deb atadi va Amerika harakatlari jazosiz qolmasligi uçun barça zarur çoralarni körişga, jumladan, BMT Xavfsizlik kengaşiga murojaat qilişga va’da berdi.
Bu ikki haftadan kamroq vaqt içida tanker qölga olinişi bilan boğliq ikkinçi holatdir. Bu safar töxtatilgan kema Amerika sanksiyalari ostida bölmagan.
Sönggi haftalarda AQŞ Venesuela qirğoqlarida harbiylarini oşirmoqdaYu bu harakatlar narkotrafikka qarşi kuraşga qaratilgani aytiladi, biroq Karakasdagilar Vaşington Venesuela tabiiy resurslari, birinçi navbatda, neft ustidan nazoratni qölga kiritiş uçun rejimni özgartirişga intilmoqda, deb hisoblaşadi.
Sentyabr oyidan beri AQŞ Karib dengizida giyohvand moddalar savdosida gumon qilingan 20 dan ortiq kemaga zarba berdi, kamida 87 kişi halok bölgan.
10 dekabr kuni AQŞ Eron bilan aloqalari uçun AQŞ sanksiyalari ostida bölgan Skipper nomli yirik neft tankerini qölga olgandi.
20 dekabr kungi operatsiya ham AQŞ qirğoq qöriqlaş xizmati tomonidan amerikalik harbiylar kömagida ötkazildi. Maxsus taktik guruh öşa paytda xalqaro suvlarda bölgan kema sahniga kirib borgan.
«Qöşma Ştatlar sanksiyalarga uçragan va mintaqada narkoterrorizmni moliyalaştiriş uçun işlatiladigan neftning noqonuniy köçirilişini ta’qib qilişda davom etadi», – dedi X tarmoğida AQŞ içki xavfsizlik vaziri Kristi Noem yetti daqiqalik operatsiya videosini joylaştirib.
OAVga köra, şanba kuni qölga olingan Centuries kemasi AQŞ sanksiyalari ostida bölmagan, Trampning blokada haqidagi buyruği esa sanksiya ostidagi tankerlarga tegişli hisoblanadi.
CNN ma’lumotlariga köra, Panama bayroği ostidagi bu kema Osiyo tomon suzayotgandi. Sönggi beş yil içida Xitoyga tegişli bölgan tanker Gretsiya va Liberiya bayroqlari ostida ham harakatlangan, deya qöşimça qiladi BBC Verify.
Venesuela neftiga nisbatan sanksiyalar joriy etilgan, biroq ba’zi kompaniyalar, masalan, Amerikaning Chevron kompaniyasi uçun sanksiyalar rejimidan istisnolar mavjud. Chevron Venesuelaning köp qismlarida burğilaş işlarini olib boradi va davlat neft kompaniyasi Petroleos de Venezuela (PDVSA) bilan hamkorlik qiladi.












