Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zgidromet 22 dekabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi
Xabar qilinishicha, respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
Foto: Kun.uz
O‘zgidromet 22 dekabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Ba’zi joylarda yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...–5 daraja, kunduzi +4 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Ba’zi joylarda yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –1...–6 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida g‘avo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Ba’zi joylarda yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...–7 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.
Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Ba’zi joylarda yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...–7 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Ba’zi joylarda yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...–7 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Ba’zi joylarda yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Ba’zi joylarda yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Ba’zi joylarda yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –8...–13 daraja, kunduzi 0...–5 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:48 / 09.01.2026
Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
08:54 / 09.01.2026
Noqulay ob-havo sabab bir qator reyslar muqobil aeroportlarga yo‘naltirildi
10:30 / 08.01.2026
Ekologiya qo‘mitasi: havo ifloslanishini noqulay meteosharoit kuchaytirmoqda
09:31 / 08.01.2026