Assalomu alaykum, azizlar. Bugun 21 dekabr, yakşanba. Ortda qolayotgan hafta oğir ötdi. Moskvada Timofey degan ösmir butun insoniyat köksiga piçoq urdi. Uning qotilligi millionlab odamlarni larzaga soldi. Oxirida Odinsovodagi qotillik haqida öz fikrimni bildiraman, hozir haftaning muhim voqealarini birgalikda eslaymiz.

Kupyansk kimniki özi?

Hafta davomida Kupyansk frontning eng muhim qismiga aylandi. Rossiya tomoni kamida ikki marta Ukrainaning Xarkiv oblastidagi bu şahar egallab olingani haqida bayonot bergandi. Lekin ötgan hafta Ukraina prezidenti Zelenskiy ruslarni hayron qoldirib şahar kiraverişidan video e’lon qildi. Video yangi edi.

Şundan keyin ham ruslar qaysarlik qilib şahar egallangani haqida navbatdagi marta e’lon qilişdi. Yetmaganiga Putindan «pryamaya liniya» vaqtida bu haqda yana söraşdi. Putin göyoki bu eski video ekani, Kupyansk stellasi hozir boşqaça körinişda ekanini aytdi. Lekin Zelenskiy «Ruslar Kupyanskni egallaganini aytyapti, lekin men şu yerdaman», deb video yangi ekanini bildirib bölgandi.

Aslida Putin Zelenskiy Kupyanskka borganini rad etmadi, u borgan joy şahardan 1 km uzoqdaligini aytdi, uning ustidan kulişga urinib «Nega içkariga kirmading?» dedi. Endi mantiqan öylab qarasak, «şahardan 1 km uzoqdagi joy» şahar içkarisi degani. Rossiya tomoni ukrainlar Kupyanskda qurşovda ekanini aytmoqda. Lekin butun boşli uruşayotgan davlat prezidenti minglab qöşinlari qurşovda qolgan, töliq duşman egallagan şaharga borişi ölimga barobar ekanini biladi. Ruslar Kupyanskni çindan nazorat qilayotganida, Zelenskiyni osongina topib, öldirgan bölişardi. Xullas, Rossiya tomonining bayonotlari borgan sari işonçsiz körinmoqda.

Putin yevropaliklarni çöçqa dedi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat mudofaa vazirligi yiğilişida nutq sözlab, Bayden ma’muriyatini navbatdagi marta uruşni boşlaşda aybladi, yevropaliklarni çöçqalar deb atadi.

«AQŞda avvalgi ma’muriyat ongli ravişda vaziyatni qurolli töqnaşuvgaça olib keldi. Bu orqali Rossiyani qisqa vaqt içida parçalab yuborişga umid qilişdi. Yevropalik çöçqalar darrov bu işga qöşilib bizning qulaşimizdan foyda körişni umid qilgan», dedi Putin.

Darvoqe, u navbatdagi marta Rossiya arsenalidagi yadroviy qurollar bilan maqtandi. «Yadro kuçlarimizning 92 foizi modernizatsiya qilingan. Biz yangi qurollar, yangi yöq qiliş vositalari işlab çiqyapmiz. Boşqa heç kimda bunaqasi yöq, yaqin orada bölmaydi ham», dedi Rossiya prezidenti.