Toşkent şahri Sergeli tumanida avtobus haydovçisi bilan baxtsiz hodisa sodir böldi, deya xabar bermoqda «Toşşahartransxizmat» kompaniyasi.

Ma’lum bölişiça, 20 dekabr kuni soat 16:56 atrofida 55-yönalişda harakatlanadigan Yutong avtobusi haydovçisi I.A (1970 yilda tuğilgan, staji 35 yil) avtobusni Sergeli tumani Xonobod köçasi böylab boşqarib kelib temiryöl kesişmasida poyezd ötayotgani sababli töxtatib turgan.

Şu vaqtda uning orqasida töxtab turgan 126-yönalişdagi Yutong avtobus haydovçisi E.R (1988 yilda tuğilgan, staji 17 yil) avtobusni qöl tormoziga qöymasdan pastga tuşib uning oldiga ötgan. Şu paytda avtobus öz inersiyasi bilan yurib ketib, haydovçini siqib qöygan.

Kompaniyaga köra, mazkur baxtsiz hodisa haydovçi E.R.ning ehtiyotsizligi oqibatida sodir bölgan va u voqea joyida vafot etgan.

Hozirda uşbu hodisa IIBB Tergov bölimi tomonidan rasmiylaştirilgan, deyiladi xabarda.