Birminghemdagi öyinda Ruben Amorim Kazemironing diskvalifikatsiyasi, De Lihtning jarohati, şuningdek Mbeumo, Mazraviy va Diallo Afrika kubogiga ketgani tufayli «MYu» boşlanğiç tarkibini qaytadan tuzişiga töğri keldi. Bu APLga moslaşişi oğir keçayotgan Şeşko uçun boşlanğiç tarkibga yöl oçdi va aynan sloveniyalikning pasidan keyin Mateus Kunya tezkor gol bilan hisobni oçişi mumkin edi. Ammo mehmonlar kuçli startdan keyin biroz ortga çekindi. Birinçi bölim golsiz durangga qarab ketayotganida esa Rodjyers yana bir bor katta sahnaga çiqdi. U çap qanotda Makginning uzun uzatmasini qabul qilib olib, markazga köçdi va töpni olis burçakka yönaltirdi, darvozabon Lammens esa joyidan qimirlaşga ulgurmadi.
«Aston Villa» ğalabali hisob bilan tanaffusga çiqişga tayyorlanayotgandi, ammo qöşimça daqiqalarda Keş kutilmaganda Dorguning pressingi ostida töp yöqotdi va Mateus Kunya ançagina ötkir burçakdan ajoyib zarba yölladi. Sönggi uç daqiqalikda muxlislar undan oldingi 45 daqiqalikdagiga qaraganda köproq voqealarga guvoh bölişdi, «MYu» esa ruhiy jihatdan ötgan mavsumdagiga qaraganda ança özgarganini namoyiş etdi.
Ammo jamoalar tanaffusdan qaytganida Brunu Fernandeş jarohat olgani ma’lum böldi va bu Amorim uçun navbatdagi boşoğriq. Mezbonlar esa yana bir bor Rodjyersning sa’y-harakatlari bilan darvozani işğol etib, APLda yigirmata gol urgan eng yoş futbolçiga (23 yoşu 148 kunlik) aylandi.
Şubhasiz, Morgan – Unai Emeri jamoasidagi eng yorqin futbolçi. Ispaniyalik mutaxassis ikki yil muqaddam şaxsan özi çempionşipdagi «Midlsboro»dan olib kelgan Rodjyers oldingi turda «Vest Hem» darvozasiga ham ikki gol urgandi, bungaça «Villa» futbolçilari 1998 yildan buyon (öşanda Dion Dablin ketma-ket uç öyinda ikkitadan gol urgan) qatorasiga ikki turda dubl qayd etmagan. Mehmonlar safida esa Rodjyers topilmadi, Kunya bunga yaqin kelgandi, ammo uning Dorguning navbatdagi uzatmasidan keyin darvozabon hududida turib boşda yöllagan zarbasi xato ketdi. Natijada «qizil iblislar» oçkolar soni böyiça «Çelsi» va «Liverpul»ga yetib oliş imkoniyatini qöldan boy berdi, uçinçi örinda mustahkamlanib olgan «Villa» esa törtinçi örin bilan oradagi farqni olti oçkoga yetkazdi, peşqadam «Arsenal» bilan uç oçkolik farq saqlanib qoldi.
«Atletiko» öz odatiga köra öyin debyutida raqib jarima maydonidagi Syorlot uçun behisob uzatmalar amalga oşirdi va bu öz samarasini berdi. Şunday uzatmalardan keyin jarima maydonidan qaytib çiqqan töpni madridliklar sardori Koke qoyilmaqom trayektoriya böylab yuqori burçakka yönaltirdi. Faxriy futbolçi qatorasiga ikkinçi turda darvoza törini işğol etmoqda va «matrasçilar» futbolkasida urgan gollari sonini 50 taga yetkazdi (708 öyinda). U klub tarixidagi bunday natijaga erişgan oltinçi yarimhimoyaçiga aylandi.
Umuman olganda, öyin Diyego Simeone şogirdlari uçun oson keçmadi. Hisob 1:0 ekanida Oblak standart vaziyatdan keyin aql bovar qilmas seyv amalga oşirişiga töğri keldi, u sobiq jamoadoşi Vitselning bir neça metr masofadan yöllagan zarbasini qaytardi. Keyin esa jarohat tufayli Niko Gonsalesni almaştirişga töğri keldi. Ammo aynan uning örniga tuşirilgan Gallaher mehmonlarning hisobdagi ustunligini oşirdi. Aniqroği, uning u qadar xavfli çiqmagan zarbasidan keyin töp Viktor Reysga tekkan holda yönalişini özgartirib, darvozabonni doğda qoldirdi. Bu mavsumda jamoaning asosiy jokeriga aylangan Grizmann esa qöşimça daqiqalarda hisobni yirik körinişga aylantirdi. «Atletiko» çempionatda zaxiradan tuşgan futbolçilar urgan gollar soni böyiça yaqqol peşqadam (9).
Yakşanba kungi öyin bu mavsumda ikki frontdan faqat birida, la ligada muvaffaqiyatli iştirok etayotgan «Vilyarreal» uçun ideal test vazifasini ötaşi kerak edi. Qolaversa, «Barselona» bilan öyinga kelib «sariq submarinalar» allaqaçon YeÇL pley-offiga çiqişdan umidini uzgan (olti turda 1 oçko) va Segunda vakili «Rasing» bilan öyinda yutqazib, Ispaniya kubogini tark etgandi. Ammo Marselino Toral şogirdlari turnir peşqadamiga qarşi öyinda tengma-teng öyin körsatdi, ba’zida esa yaxşiroq ham körindi.
Faqat, mezbonlar baxtiga qarşi, hozirda Rafinya juda yuqori sport formasida. Braziliyalik vinger avvaliga Komesanyani jarima maydoni içida öziga qarşi fol işlatişga majbur qildi va penaltini özi aniq ijro etdi, bu uning qatorasiga uçinçi öyinda gol urişi böldi. Keyin esa Rafinyaning çiroyli zarbasi töp darvoza ustuniga borişi bilan yakunlandi, bu vaziyatda darvozabon Luiz Junior töpni nigohlari bilan kuzatib qolişdan boşqa çora qila olmadi. Öz navbatida, Byukinen va Ayose Peresga hujumlarni yakunlaşda aniqlik yetişmadi, keyin raqiblar hujumi boşlanişidagi ofsayd holati Kundeni avtogoldan qutqardi, Baldening qöpol xatosidan keyin esa Joan Garsiya yaqin masofadan yöllangan zarbani tösdi, Kubarsi esa töpni darvoza çiziği oldida töxtatib qoldi.
Bölim oxirida Renatu Veyga maydon markazida Yamalga ortdan qöpollik işlatib, jamoasini qiyin ahvolda qoldirdi.
Lamin bu holatda «jon berayotgandek» tipirçiladi, ammo raqib maydondan çetlatilgaç, örnidan turib, heç narsa bölmagandek öynaşda davom etdi va uning töp bilan har bir uçraşişi huştakbozlik bilan qarşi olindi.
Futbolçi esa raqib muxlislariga goli bilan javob qaytarib, bu golni raqib muxlislari qarşisiga borib nişonladi.
Lekin ikkinçi gol ham öyindagi intrigaga barham bermadi. «Vilyarreal» yanada katta kuç bilan oldinga taşlandi. Marin Parexaning uzatmasidan keyin bir neça metr masofadan turib yaqin burçakka zarba yölladi. Garsiya esa navbatdagi marta qahramonlik körsatib, jamoasini muqarrar goldan qutqardi. U keyinroq yakkama-yakka vaziyatga çiqib kelgan Mikautadze bilan duelda ham ğolib keldi.
Öyinda hisob boşqa özgarmadi. «Barselona» töğridan töğri raqobatçilaridan biri bilan oradagi farqni oşirdi – endi «Vilyarreal» 11 oçkoga ortda qolmoqda (zaxirada ikki öyin bor). «Real» bilan oradagi farq esa yana tört oçkoga yetdi – kataloniyaliklar tanaffusga a’lo kayfiyatda yöl oldi.
Ötgan turda turnir jadvalining sönggi örnida borayotgan «Mayns»ga yutqazib qöyişiga bir baxya qolgan «Bavariya» boşqa bir autsayderga qarşi öyin oldidan kerakli xulosalarni olgani ma’lum böldi. Birinçi bölimda myunxenliklar «Haydenhaym» darvozasiga ikkita gol urişdi. Burçak zarbasi ijro etilganida olis ustun oldida turgan Jonatan Ta boşi bilan töpni boşqa bir himoyaçi – Stanişiçga yetkazib berdi. Ikkinçi golli hujum esa Karlning Keynga diagonal uzatmasi bilan boşlandi. Harrining zarbasini himoyaçi tösdi, ammo qaytgan töpga birinçi bölib Ito yetib keldi va u Olisega assistentlik qildi.
Şu bilan birga, Vensan Kompani jamoasida barçasi ideal keçdi deyiş qiyin. Aksinça, 17-örindagi raqib ikkinçi bölim davomida nafaqat hisobni qisqartiriş, balki muvozanatni tiklaş uçun yetarli bölgan vaziyatlarga ega böldi. Amaldagi çempionlarni tösin va ustunlar, «Haydenhaym» futbolçilarining zarba berişdagi noaniqligi va darvozabon Urbig qutqarib turdi. «Bavariya» futbolçilari esa öyin oxirida vaziyatlardan foydalaniş böyiça master-klass ötib berişdi. Avvaliga Stanişiçning uzatmasidan keyin YeÇL va Bundesligadagi diskvalifikatsiyani ötab, futbolga qaytgan Luis Dias hisobni yiriklaştirdi. Keyin esa Keyn mavsumdagi 30-golini urdi.