Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni 2025 yil 1 dekabr holatiga 17 900 tani tashkil etgan.
Shuningdek, ulardan 4 228 tasi qo‘shma, 13 762 tasi xorijiy korxonalar ekani qayd etilgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
- savdo sohasida – 6 403 ta (35,8 foiz);
- sanoat sohasida – 3 706 ta (20,7 foiz);
- qurilish sohasida – 1 389 ta (7,8 foiz);
- axborot va aloqa sohasida – 1 377 ta (7,7 foiz);
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 737 ta (4,1 foiz);
- tashish va saqlash sohasida – 586 ta (3,3 foiz);
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 447 ta (2,5 foiz);
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 209 ta (1,2 foiz);
- boshqa sohalarda – 3 046 ta (17,0 foiz).









