Adliya vazirligi “Investitsiya vositaçisi faoliyati töxtatib turilgan va tugatilgan taqdirda, depozitar operatsiyalar böyiça harakatlar tartibi töğrisida”gi nizomni davlat röyxatidan ötkazdi. Nizom 2025 yil 18 dekabrda №3727 raqami bilan röyxatdan ötkazilgan.

Nizomga köra, investitsiya vositaçisining litsenziyasi töxtatib turilganda, u depozitar operatsiyalarni töxtatadi va bu haqda 2 iş kuni içida ommaviy axborot vositalarida hamda fond birjasining veb-saytida e’lon qiladi.

Şuningdek, investitsiya vositaçisining litsenziyasi tugatilganda yoki bekor qilinganda, u deponentlarning hisobvaraqlaridan köçirmalarni şakllantirişi va faoliyati tugatilgani haqida xabarnomani deponentga yuborişi belgilangan.

Nizomda qayd etilişiça, deponent xabarnomani olganidan söng 1 hafta muddatda tugatilayotgan investitsiya vositaçisiga öz qimmatli qoğozlarini boşqa investitsiya vositaçisiga ötkaziş töğrisida topşiriq berişi lozim.

Agar deponent tomonidan bunday topşiriq taqdim etilmasa, investitsiya vositaçisi qimmatli qoğozlarni «Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysi» AJga ötkazadi.

Ma’lum qilinişiça, «Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysi» AJga vaqtinça saqlaş uçun topşirilgan qimmatli qoğozlar 1 kun içida deponent tanlagan investitsiya vositaçisiga ötkazib beriş orqali deponentlarga qaytariladi.