Ötayotgan yilda Germaniya Taşqi işlar vazirligi oilani birlaştiriş uçun 100 mingdan ortiq viza bergan. Bu haqda 21 dekabr, yakşanba kuni Welt am Sonntag gazetasi idora ma’lumotlariga tayanib xabar qildi.
Noyabr oyi oxirigaça bölgan ma’lumotlarga köra, bunday vizalar soni 101 756 tani taşkil etgan. Eng köp vizalar turklar (qariyb 15 ming viza) va suriyaliklarga (13,1 ming) berilgan, keyingi örinlarda hindlar (qariyb 9,3 ming), Kosovo aholisi (7,1 ming) va albanlar (taxminan 4,5 ming) keladi.
Qariyb 44,5 ming holatda TIV Germaniyada yaşaydigan xorijliklarning turmuş örtoqlariga viza bergan. Germaniya fuqarolarining er-xotinlariga 16 mingdan ortiq kiriş ruxsatnomasi taqdim etilgan. Şuningdek, ota-onasi yoniga Germaniyaga köçib kelgan bolalar 37 mingdan ortiq viza olgan. Bolalari yoniga köçib ötmoqçi bölgan ota-onalar uçun Germaniya taxminan 3,5 mingta hujjat rasmiylaştirgan.
Oilani birlaştiriş uçun eng köp vizani — 130 mingdan ortiq — Germaniya 2023 yilda bergan. 2024 yilda bu körsatkiç biroz pasaygan.
Bu yil ham bunday vizalar soni kamayişining davom etişiga sabablardan biri — yozda Bundestag himoya maqomi çeklangan qoçqinlar uçun oilani birlaştirişni töxtatib qöygani. Qabul qilingan qonun loyihasi ikki yilgaça har yili Germaniyaga köpi bilan 12 000 nafar oila a’zosining kirib keliş amaliyotini töxtatadi. Şu bilan birga, oğir holatlar uçun istisnolar közda tutilgan — masalan, bolalar uçun yoki oğir kasalliklar bölgan holatlarda.
Qonun loyihasini taklif etgan içki işlar vaziri Aleksander Dobrindt qabul qilingan çorani noqonuniy migrant taşişga qarşi kuraş bilan izohlagan edi. Uning sözlariga köra, agar qoçqin mamlakatga boşpana oliş huquqisiz kirgan bölsa ham, “butun oila uning ortidan kelib olişi mumkin” bölgan. Uning fikriça, bu migrantlarni olib ötiş bilan şuğullanuvçi “jinoiy tödalarning biznes-modeli”ni quvvatlab kelgan.











