“Dunyo” AA muxbiri xabar qilişiça, muloqot çoğida Özbekiston va Polşa örtasida qişloq xöjaligi sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantiriş yönalişlari körib çiqildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar quyidagi kelişuvlarga erişdi:

  • KO WR'ga tegişli bölgan Mazoviya va Lodz voyevodaliklari çegarasida joylaşgan ikki binodan birini özaro tamoyil asosida Özbekiston logistika markazi (hab) uçun ajratiş;
  • Özbekistondan Polşaga işçi guruh taşrifi çoğida loyiha takliflarini şakllantiriş;
  • Özbekistondan malakali işçilar yoki agrar universitetlar talabalarini KO WR'ga qaraşli 40 ta qişloq xöjaligiga ixtisoslaşgan kompaniyalarda mavsumiy işlarga jalb etiş;
  • Polşa kompaniyalarining 2026 yil 1–3 aprel kunlari Toşkentda ötadigan UzFood – 2026 xalqaro körgazmasida iştirokini ta’minlaş;
  • Özbekiston korxonalarining AGROTECH (Kelse, 2026 yil 13–15 mart) va POLAGRA (Poznan, 2026 yil 23–25 sentabr) xalqaro körgazmalarda qatnaşişini qöllab-quvvatlaş.

Uçraşuvda Lusian Zvolak ikki davlat örtasidagi eksport-import aloqalari yildan yilga kengayib borayotganini ta’kidladi. Jumladan, 2024 yilda Polşadan Özbekistonga 72 million yevro qişloq xöjaligi mahsulotlari eksport qilingan, Özbekistondan Polşaga mazkur mahsulotlar importi 10 million yevroni taşkil etgan. U kelgusida uşbu körsatkiçlarni uç barobar oşiriş uçun imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.