Futbol böyiça Özbekiston milliy jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionatiga tayyorgarlik doirasida mezbon Kanadaga qarşi örtoqlik öyini ötkazadi. Öyin 2026 yil 1 iyunda Kanadaning Edmonton şahrida bölib ötadi.
Kanada FIFA reytingida 27-örinda bormoqda, Özbekiston esa 50-poğonadan joy olgan. Bungaça terma jamoalar özaro faqat bir marta — 2016 yilda öynagan va Kanada 2:1 hisobida ğalaba qozongan.
Özbekiston milliy jamoasi 11 iyundan 19 iyulga qadar AQŞ, Kanada va Meksikada bölib ötadigan jahon çempionatida ilk bor iştirok etadi. Özbekistonliklar K guruhida Kolumbiya, Portugaliya va saralaşdan ötgan yana bir jamoaga (Yamayka, Yangi Kaledoniya yoki Kongo DR) qarşi öynaydi.












