AQŞ prezidenti Donald Tramp Qozoğiston yetakçisi Qosim-Jömart Töqayevga bir neçta sovğa, jumladan, Oq uyning ramziy kaliti va Amerika yetakçisining dastxati tuşirilgan beysbol kepkasini yubordi. Bu haqda Qozoğiston rahbari matbuot kotibi Ruslan Jyeldibay xabar berdi.

«Işonç yorliqlarini topşiriş marosimidan söng bölib ötgan qisqa suhbat çoğida AQŞ prezidenti Donald Tramp Qozoğiston elçisi Mağjan Ilyosov bilan joriy yil noyabr oyida Oval kabinetda davlat rahbari Qosim-Jömart Töqayev bilan bölib ötgan uçraşuv haqidagi taassurotlari bilan örtoqlaşdi. Şuningdek, AQŞ prezidenti Qosim-Jömart Töqayevga bir neçta sovğa, jumladan, Oq uyning ramziy kaliti va uning dastxati tuşirilgan beysbol kepkasini yubordi», dedi Jyeldibay.

Matbuot kotibi, şuningdek, Amerika yetakçisi Qozoğiston prezidentiga şaxsiy samimiy tilaklarini yöllagani, uni hurmat qilişini ta’kidlab, «xalqaro jarayonlarni çuqur va vazmin tuşunadigan ajoyib inson va tajribali davlat arbobi» sifatida ta’riflaganini qayd etdi.

«Oq uy kaliti» - Donald Trampning şaxsiy taşabbusi

Ramziy «Oq uy kaliti»ni topşiriş AQŞ rasmiy diplomatik protokolining bir qismi emas. Donald Trampgaça heç bir AQŞ prezidenti çet el yetakçilari yoki jamoat arboblariga bunday ramzni sovğa qilmagan. Bunday «kalit» yuridik kuçga ega emas, Oq uyga «kiriş» imkonini bermaydi va AQŞ ma’muriyatining birorta rasmiy hujjatida mustahkamlanmagan. U faqat esdalik sovğasi va şaxsiy munosabat belgisi sifatida işlatiladi.

Hozirgaça, Töqayevdan taşqari Donald Tramp tomonidan Oq uyning ramziy kalitini topşirişning yana bir holati işonçli tarzda tasdiqlangan: 2020 yilda Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuga.

Bir qator naşrlar, şuningdek, ramziy kalitni boşqa siyosatçilar yoki jamoat arboblari ham olganini ta’kidlaydi: Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va milliarder Ilon Mask.